SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Rus kompozitori Shostakovich Dmitriy Dmitriyevich tavallud topgan kun
1906-09-25

Shostakovich Dmitriy Dmitriyevich (1906.25.9, Peterburg — 1975.9.8, Moskva) — rus kompozitori, pianinochi, pedagog, jamoat arbobi, 20-asr musiqa klassigi. Rossiya xalq artisti (1948), Xalq artisti (1954). Mehnat Qahramoni (1966). Leningrad konservatoriyasini fortepiano (1923) va kompozitsiya (1925) ixtisosliklari bo’yicha tugatgan Leningrad (1937-41 va 1960-67) va Moskva (1943-48) konservatoriyalarida dars bergan. shogirdlari orasida G. Sviridov, Q.Qorayev, M.Leviyev va boshqalar bor. Rossiya kompozitorlar uyushmasi raisi (1960-68). Shostakovich kompozitorlik ijodiyotining deyarli barcha janrlarini qamrab, simfonik musiqa, vokal musiqa, musiqali teatr, kamer musiqa sohalarida jahonshumul ahamiyatga molik asarlar yaratgan. Xususan, 15 simfoniyasi (1925-71), “Burun” (1930) va “Katerina Izmaylova” (1934, 2-tahriri 1956) operalari, 15 kvarteti (1938— 74), skripka (1968), al’t (1975), violonchel’ (1934) sonatalari, cholg’u konsertlari (1933- 67), 24 prelyudiya va fugasi (1951), Pushkin, Blok, Byorns, Shekspir, Mikelanjelo va boshqalarning she'rlariga yaratgan qo’shiq va romanslari, 30 ga yaqin kinofilm (Maksim haqida trilogiyasi, 1935— 39; “So’na” 1955; va, ayniqsa, “Hamlet” 1964; “Qirol Lir”, 1971) larga yozgan musiqalari bilan mazkur janrlarning 20-asrdagi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shgan. Teran dramatizm, fojiaviylik bilan sug’orilgan, ayni paytda nozik lirika, o’tkir yumor va kinoyaga boy Shostakovich asarlarida chuqur, hayotan muhim g’oyaviy kontsepsiyalar, inson kechinmalarining murakkab olami, uning orzu-umidlari, yorug’lik va kamolotga intilishlari uzining badiiy yetuk ifodasini topgan. Shostakovich 1940-yillardan e’tiboran O’zbekiston san'atkorlari bilan yaqin ijodiy aloqada bo’lgan. Toshkentda barcha simfoniyalari, “Oyimqiz va bezori” baleti, konsertlari, kamer musiqasi muntazam ijro etilgan. Shostakovich bir necha bor O’zbekistonga kelgan (1959, I960, 1964), M.Burhonov, A.Jabborov, F.Yanov-Yanovskiylar bilan do’stona aloqada bo’lgan, yosh o’zbek kompozitorlari va musiqashunoslarini qo’llab quvvatlagan. Shostakovich ijodi ko’pgina zamonaviy kompozitorlar (jumladan, O’zbekistonda — Ik. Akbarov, M.Tojiyev. T.Qurbonov, M. Mahmudov, H.G’iyosov va boshqalar) ijodiga ta'sir o’tkazgan. Bu haqda T.Vizgo, N.Yanov-Yanovskaya va T.G’afurbekovlar tadqiqotlar yaratishgan. Rossiya (1974), Sibelius nomidagi (1958), Davlat (1941, 1942, 1946, 1950, 1952, 1968), Xalqaro Tinchlik (1954) mukofotlari laureati.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2005.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan