SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2017
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262729
30      
Televideniye ixtiro qilingan kun
1884-04-21

Ma'lumki, televideniye ancha-muncha murakkab texnikaviy jarayondir. Uning manbalarini uzoq o’tmishdan izlash kerak bo’ladi. Ishonch bilan aytish mukinki, televideniyening taraqqiyotiga son-sanoqsiz odamlar hissa qo’shishgan. Ya'ni uni yolgiz bir kishi tomonidan ixtiro qilingan deb bo’lmaydi. Televideniyening ixtiro qilinishiga olib kelgan voqealar zanjiri 1817 yilga, ya'ni shved kimyogari Yens Berseleus selen kimyoviy elementini kashf etgan davrga borib ulanadi. Keyinchalik, selen orqali o’tkazilgan elektr tokining miqdori selenga ta'sir ko’rsatadigan yorug’lik miqdoriga bog’liq ekanligi aniqlandi. Bu xususiyat «fotoelektr» hodisasi deb ataladi. 1875 yilda bu kashfiyot amerikalik ixtirochi G. Kerriga birinchi, hali takomillashmagan televizion qurilmani yaratish imkonini berdi, u buning uchun fotoelektr elementlardan foydalandi. Predmetning fokusini linza orqali fotoelektr elementlar bo’limiga to’g’riladi, natijada bo’limdagi har bir element cho’g’lanma lampaga o’tuvchi elektrning miqdorini o’zicha «nazorat qiladigan» bo’ladi. Predmetning xira ko’rinishi fotoelektr elementlarda aks etib, cho’g’lanma lampa sirtida gavdalanadi. Televideniye ixtirochiligida shundan keyin qo’yilgan qadam 1884 yil 21 aprelda Pol Nipkou ixtiro qilgan «kengaytirilgan tasvir»dir. Bunday tasvirga, bir tomondan, fotoelektr elementlar qarshisiga aylanib turadigan bir necha teshiklar ega diska hamda tomoshabin ko’z o’ngida aylanib turadigan yana bir diska yordamida erishiladi. Aslini olganda, bu ham Kerri ixtiro qilgan tuzilmaga o’xshashdir. 1923 yilda birinchi marta sim orqali tasvirni uzatishga erishildi, bunga Angliyada Berd va AKDPda Jenkins muvaffaq bo’ldi. Keyin televizion kameralar rivoji bobida ulkan odimlar tashlandi. Vladimir Zvorikin va Fil Farnsuort har biri o’zicha mustaqil ravishda «tasvir uzatuvchi trubka» deb nom olgan kameralarni yaratdilar. 1945 yilda bu ikkala trubka ham yanada takomillashtirilgan trubkalarga almashtirildi. Hozirgi televizorlarda «katod - nurli trubka» deb atalgan trubkalar ishlatiladi. Bu trubkalarda elektron pushka bo’lib, u ekran tasvirini, uzatuvchi televizion kameralardagi nurlar misoli, qayta nurlantirib nusxa ko’chiradi va natijada biz tasvirni ko’ramiz. Biroq ular turli mamlakatlardagi odamlar tomonidan hozirgi zamon televideniyesini bunyodga keltirish yo’lida naqadar har xil ixtirolar qilinganligi xususida umumiy tasavvur beradi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan