SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Yaponiyada Pi soni kuni
0000-03-14

Pi kuni 14 mаrtda nishonlanadi (3.14 ga o’xshashlik bo’lgani uchun aynan shu kun tanlangan). Bayramni rasmiy nishonlash Pi soniga to’liq moslikni hisobga olgan holda (3/14|1:59) kunning ikkinchi yarmida 1:59 da boshlanadi.  Uilyam Shenks (1812-1882) ko’p yillar davomida Pi sonining birinchi 707 raqamini topish ustida ishlagan edi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, u 527 razryadda xatolikka yo’l qo’ygan ekan. 2002 yilda yaponiyalik olim quvvatli kompyuter Hitachi SR 8000 yordamida Pi sonidagi 1,24 trillion sonni hisobladi. 2011 yilning oktabrida π soni verguldan keyin 10.000.000.000.000 son aniqlikkacha hisoblangan. Pi soni haqida yozib qoldirilgan ilk ma’lumotlardan birini Mislik Axmes ismli yozuvchi (1650 yillar atrofi), hozirda Arximes papirusi (Rinda) nomi bilan mashhur ma’lumotlarda  uchratish mumkin. Insonlar π sonini 4000 yil mobaynida o’rganib kelmoqdalar.  Pi sonining verguldan keyingi birinchi million belgi: 99959 nollar, 99758 birlar, 100026 ikkilar, 100229 uchlar, 100230 to’rtlar, 100359 beshlar, 99548 oltilar, 99800 yettilar, 99985 sakkizlar va 100106 to’qqizlardan tashkil topgan. Al-Xorazmiy (algebra asoschisi) astoydil Pi sonini hisobi ustida ishladi va birinchi to’rt sonni aniqladi: 3,1416. “Algoritm” termini ushbu O’rta Osiyolik buyuk olim nomidan kelib chiqqan, Kitob al-Jabr val-Muqobala asari matnlaridan “algebra” so’zi vujudga kelgan.  «π» belgisi 1700 yillarda matematikaga tadbiq qilina boshlandi, arablar 1000 yilda o’nlik tizmini yaratdilar, «=» tenglik belgisi esa 1557 yilda vujudga kelgan. Isaak Nyuton Pi sonini verguldan so’ng 16 belgigacha hisobladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan