SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
O'zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva tavallud topgan kun
1961-11-15

(1961.15.11, Samarqand) O'zbek xonandasi. O'zbekiston xalq artisti (1993). Samarqand musiqa studiyasini (1979), Toshkent davlat madaniyat inistitutini (1989) tugatgan. Dastlab ijodini xalq qo'shiqlaridan boshlagan. “Xorazm lazgisi”, “Barigal”, “Tanavor”, shuningdek sharq xalqlari qo’shiqlari bilan tanildi. Lirik mayinlik, badiiy mahorat, teran mazmun, yoqimlilik va shiradorlik Abdullayeva ijodiga xos. Muhabbat haqidagi qo’shiqlarni mahorat bilan ijro etadi. “Arzimni aytdim”,“Jonim mening”, “Yoqasiz jonim”, “Majnuntol”, “Malak”, “Aylanayin” va boshqalar shular jumlasidan. Boshqa xalqlar qo’shiqlari ham Abdullayeva ijodida  muhim o’rin tutadi: “Sanada galmas”, “Ayriliq” (Ozarbayjon), “Ishqumidiman”(Eron), "Ro'yolarda bo’lushursiz” (turk) va boshqalar.  Bir qancha xorijiy mamlakatlarda gastrolda bo’lgan. Abdullayeva ijodiga bag'ishlab “Nasiba” telefilmi (“O'zbektelefilm”, 1989) ishlangan. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (1999). 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan