SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
Matematika to'g'risida qiziqarli faktlar kuni
1754-04-29

 1. Angliyalik matematik Abraxam de Muavr, keksalik davrida, uyqisining vaqti kuniga 15 minutdan ko'payib borayotganini aniqladi. Arifmetik progressiyani tuzib, uyqining umumiy vaqti 24 soatga teng bo'lgan kunini hisobladi – bu kun 1754 yil 29 aprelga to'g'ri keldi. Aynan shu kuni, u olamdan ko'z yumdi.
 2. Dindor jugutlar, xristianliklarning simvollariga, va umuman, salb belgisiga o'xshash belgilarga duch kelmaslikka harakat qiladilar. Masalan, ba'zi Isroil maktab o'quvchilari, “plyus” belgisining o'rniga teskari “t” belgisini qo'yadilar.
 3. Yevro kupyurasining haqiqiyligini, undagi harfning seriya raqami va 11 sonidan tekshirish mumkin. Harfni, ingliz alifbosidagi tartib raqami bilan almashtirib, bu sonni boshqa sonlar bilan qo'shib, undan so'ng, birgina son hosil bo'lgunga qadar, natijada chiqqan sonlarni qo'shish kerak. Agar bu son – 8 bo'lsa, kupyura haqiqiy hisoblanadi. Tekshirishning yana bir usuli, huddi shunday uslubda, faqat harfning ishtirokisiz bo'lgan qo'shishdan iborat. Bitta harf va bitta sondan tashkil topgan natija, ma'lum bir mamlakatga mos kelishi kerak, chunki yevro turli xil davlatlarda chop etiladi. Masalan, Germaniya uchun bu X2.
 4. Alfred Nobel, o'z mukofoti ro'yhatiga matematika fanini qo'shmaganining sababi, uning rafiqasi, matematik bilan hiyonat qilgan, degan fikr bor. Aslida esa, Nobel, hech qachon uylanmagan. Nobel tomonidan matematika fanining nazarga ilmaganining haqiqiy sababi noma'lum, ammo bu to'g'risida, bir nechta fikrlar bor. Masalan, shu paytga kelib, matematika fanidan Shvesiya qirolining mukofoti bor edi. Ikkinchisi – matematika inson uchun hech qanday muhim kashfiyotlar qilmaydi, chunki fan faqatgina teoritik xarakterga ega, xolos.
 5. Relo uchburchagi – a radiusidagi uchta bir xil aylanalarning a tomonli teng tomonli uchburchakning baliklarining markazi bilan kesishuvidan hosil bo'lgan shakl. Relo uchburchagi asosida qilingan sverlo, (noaniqligi 2% bo'lgan) kvadrat shaklidagi teshiklarni o'yishga yordam beradi.
  6. Rus matematik adabiyotida, nol natural son hisoblanmaydi, g'arbiy adabiyotlrida esa, aksincha, ko'pgina natural raqamlar qatoriga kiradi.
 7. Universitet aspiranti bo'lmish, amerikalik matemitik Djordj Dansig, kunlardan bir kuni darsga kechka qolib, doskada yozilgan barcha tenglamalarni uy vazifasi sifatida oldi. Ular oddiy tenglamalarga nisbatan murakkabroq tuyuldi, lekin bir necha kundan so'ng, u axiri, ularni yechishga muvaffaq bo'ldi. Aniqlanishicha, u ko'pgina olimlar yechishga uringan, statistikadagi ikki “yechilmas” muammolarni 29 aprelda yecha oldi.
 8. Kazino ruletkasidagi barcha sonlar yig'indisi, shayton raqami – 666 ga teng.
 9. Sofya Kovalyovskaya, bolaligida, xonasiga oboy yetmaganida va oboy o'rniga Ostrogradning differensial va integral hisoblashlari to'g'risidagi leksiyalari qog'ozlari yopishtirilganda, matematika bilan tanishdi.
 10. 1897 yilda, Indiana shtatida, 3,2 ga teng bo'lgan Pi sonining qonuniy qiymatini belgilovchi bill chiqarildi. Ushbu bill, universitet professorining aralashuvi tufayli qonunga aylanmadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan