
Saxarin
(saccharine) – kamquvvatli shirali mahsulot bo'lib, shakardan 400 marotaba
shiraliroq sanaladi. Bu mahsulotdan qandli diabet kasalligiga chalingan
shaxslar va kam quvvatli parhezdagilar kengroq foydalanishadi. Issiqlikka
tegishi bilan, saxarin parchalanadi, shu sababli undan taom tayyorlashda foydalanilmaydi.
Bu mahsulot tasodifiy ravishda 1879 yil 30 aprel kuni Jon Xopkins universiteti
professor A.Remsen laboratoriyasida K. Falbergning 2-toluolsulfonamid
oksidlanishi ilmiy tekshirishida ochilgan. 1884 yil Falberg saxarin olish
usulini patentlagan va bu mahsulotning sanoatda ishlab chiqarilishini
boshlagan, biroq ilk usullar natijasiz bo'ldi. 1950 yilga kelibgina, «Maumee
Chemical Company» (Toledo, Ogayo) amerikalik kompaniya tomonidan saxarinni
sanoat miqyosida ishlab chiqarishning yangicha usuli ishlab chiqarilgan.
Oziq-ovqat sanoatida saxarin E 954
qo'shimchasi – shira beruvchi mahsulot o'rnida kiritilgan.