SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2018
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617182021
22232425262728
2930     
O‘zavtotrans tashkil etilgan kun.
1993-01-08

1993 yil 8 yanvar – O'zbekiston avtomobil transporti (“O'zavtotrans”) Davlat aksiyadorlik korporasiyasi tashkil etildi.

Respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning xalq xo‘jaligiga va aholiga xizmat ko‘rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida “O‘zbekiston avtomobil transporti” (“O‘zavtotrans”) davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tashkil etildi.

                Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik, ma’suliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.

                Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yo‘lovchilar tashish ishlarini maqbul holga keltirish, samaradorligini oshirish, kommunikasilarni jadal rivojlantirish, transportda yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda transmilliy transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi faoliyati muvofiqlashtirildi. Respublikada avtotransport vositalarining bir qismi (avtobuslar, yuk va yengil mashinalar) shirkat va fermer xo‘jaliklari, fuqarolarning mulki.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2006.

 

 

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan