SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
Yangi Gvineya davlatining mustaqillik kuni
1975-09-16

Rasmiy nomi - Papua – Yangi Gvineya Mustaqil Davlati. Poytaxti – Port-Morsbi. Hududi – 462840 km2. Aholisi – 717 0112 kishi (2012). Davlat tili ingliz, tok-pisin va xiri-motu, shuningdek, papuas va melaneziya tili oilasiga kiradigan 700 dan ortiq mahalliy tillar mavjud. Aholining asosiy qismi xristian dinining protestant va katolik mazhablariga e’tiqod qiladi. Pul birligi – kina. Geografik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanining janubi-sharqida – Yangi Gvineya orolining sharqiy qismi va Solomon orollari (Bugenvil’ va Buka orollari) hamda Luiziada va Bismark arxipelagidagi davlat. Indoneziya (820 km) bilan chegaradosh. Papua-Yangi Gvineya qirg’oqlarini sharqdan Solomon dengizi, janubdan – Korall dengizi, Torres bo’g’ozi va Papua ko’rfazi, shimolda – Bismark dengizi qamrab olgan. Qirg’oq chizig’i uzunligi – 5152 km. Mamlakat hududi asosan sohilbo’yi tekisliklari, tog’lar va tog’oldi pasttekisliklaridan iborat. Eng baland nuqtasi – Vil’gel’m cho’qqisi (4508 m). Asosiy qazilma boyliklari – oltin, kumush, mis, tabiiy gaz, boshqa tabiiy resurslardan – yog’och (hududning 71%i o’rmonlardan iborat) mavjud. Iqlimi – nam subekvatorial. O’simlik dunyosi juda boy, yerda o’simliklarning 6872 turi mavjud. Hayvonot dunyosi xaltali hayvonlardan iborat. Davlat tuzilishi - unitary davlat, Britaniya Hamdo’stligi a’zosi. Mamlakat 19 provintsiya va 1 poytaxt okrugidan iborat. Papua-Yangi Gvineya 1975 yil 16 sentyabrda davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan bo’lib (ilgari BMT homiyligidagi Avstraliya umumiy boshqaruvi ostida bo’lgan), shu kun uning milliy bayrami sifatida nishonlanadi.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan