SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181921
22232425262728
2930     
Bastakor Xurshida Hasanova tavallud topgan kun
1967-09-07

O'zbekiston Bastakorlar uyushmasiga yosh kompozitor Xurshida Hasanova (Tursunova) 2000 yil qabul qilindi. U musiqa maktabida o'qib yurgan paytlarida yaratgan ilk “Pilla qurtim “ qo'shig'i “Bulbulcha” xor jamoasi ijrosida yangraganida musiqa san'atimizga yana bir yorqin iste'dod sohib, bo'lg'usi kompozitor kirib kelayotganidan nishona bo'lgan edi. Uning fortopiano, skripka, fleyta, goboy, klarnet, torli cholg'u asboblar ansambllariga, simfonik orkestrga, xor jamoalari uchun yaratgan musiqa asarlari, ayniqsa, estrada va bolalar qo'shiqlari rang-barangligi, dilkashligi, hayotbaxshligi bilan ajralib turadi. Kompozitor har bir estrada va bolalar qo'shiqlarini mazmundor va jozibali bo'lishiga intilib, tinglovchining yuragiga yaqin bo'lgan ta'sirli vositalarni izlab topishga harakat qilib, inson qalbidagi xilma-xil kechinmalarni lirik holda ifodalay olmoqda.  Xurshida Otaboyevna Hasanova (Tursunova) san'atkor oilasida 1967 yilning 7 sentyabrida tug'ildi. U bolaligidan musiqaga muhabbat qo'ydi. 1974 yili umumta'lim maktabiga o'qishga bordi. Bir yildan so'ng T. Sodiqov nomidagi Toshkent shahar bolalar musiqa maktabining fortepiano hamda A.Mansurov sinfida kompozitorlik mutaxassisligidan ham tahsil oldi. 1982 yili maktabni a'lo baholarga bitirib, Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtining musiqa nazariyasi bo'limiga o'qishga qabul qilinadi. Kompozitorlik mutaxassisligidan ham saboq oladi. 1986 yili mazkur o'quv yurtini imtiyozli diplom bilan bitirdi va M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga kirib dotsent M.Mahmudov sinfida mutaxassislikdan saboq oladi. Ustoz rahbarligida turli janr va shakllarda asarlar bastaladi. U 1991 yili konservatoriyani imtiyozli diplom bilan tugatdi. Yo'llanma bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining musiqa fakultetida musiqa nazariyasidan 1998 yilga qadar dars berdi. 1998-99 yillarda konservatoriyaning musiqa nazariyasi kafedrasida o'qituvchi lavozimida ishladi. 1999 yildan buyon Toshkent shahar qo'shimcha ta'lim majmuasi qoshidagi “Sevinch” vokal studiyasida musiqa rahbari lavozimida ishlamoqda. 2000 yildan konservatoriyaning musiqa nazariyasi kafedrasida o'qituvchiligini davom ettirmoqda.  Kompozitor X.Hasanova 1991-2001 yillarda fortepiano uchun “Variasiyalar”, “Pyesalar”, “Sonatino”, fortepiano va simfonik orkestr uchun bir qismli “Konsert”, simfonik poema, torli orkestr uchun 4 qismli syuita, jo'rsiz xor uchun E.Vohidov so'ziga “Iltijo” ikki qismli turkum xor, skripka, fleyta, goboy, klarnet, fagot kabi cholg'ular, fortepiano jo'rligida yozilgan pyesalar, yog'ochli-damli cholg'ular kvartetiga “Kvartet” larni yaratdi. X.Hasanova 1998 yildan buyon zamonaviy estrada va bolalar qo'shiqchilik san'atiga e'tibor qaratib, 30 dan ortiq turli mavzularda zamondosh shoirlarning so'zlariga estrada qo'shiqlari va bolalar uchun qo'shiqlar yaratdi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, estrada xonandasi K.Razzoqova repertuaridan quyidagilar; “Chinni gullar”, “Sog'inaman”, (N.Narzullaev so'zi), “Yetolmayman” (M.Yo'ldoshev so'zi), “Kuz gullari” (Humoyun so'zi), “Rostini ayting” (E.Oxunova so'zi), “Alangadan nido” (M.Yo'ldoshev so'zi), “Sevinch” bolalar vokal guruhining repertuarida esa quyidagi qo'shiqlar o'rin olgan; “O'zbekiston jannat” (D.Rajab so'zi), “Tabassum qil” (N.Narzullaev so'zi), “Sevinch” (S.Muzaffarov so'zi), “Turnalar” va “Vatan” (H.Rahmat so'zi), “Kamalak” (P.Mo'min so'zi), “Humo qushi” (O'.Hoshimov so'zi), “Sog'lom avlod” (U.Qo'chqor so'zi), “Lola” (I.Muslim so'zi), “Majnuntol” (I.Jiyanov so'zi) va boshqalar.  Kompozitor X.Hasanova 2000 yilda Navro'zga bag'ishlangan qo'shiq ko'rik-tanlovida “Turnalar” qo'shig'i uchun 2-darajali mukofotga sazovor bo'ldi. 2000- 01 yillarda Navro'z va Mustaqillik bayram dasturlarida uning “Turnalar” “Sog'lom avlod” va “Lola” qo'shiqlari yangradi. 2000 yilda chegara qo'shinlari tomonidan uyushtirilgan askar qo'shiqlari ko'rik-tanlovida “Chegaramiz harbiylari” uchun eng yaxshi bastakor nomini olishga sazovor bo'ldi. U “Zumrasha” kinojurnaliga va “Archa, archa, archajon” videofilmiga musiqa va 9 dan ortiq qo'shiqlar bastaladi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan