SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2628293031 
Yozuvchi Sunnatulla Anorboyev tavallud topgan kun
1922-09-09

Sunnatulla Anorboyev 1922 . 9 .09, (Turkiston shahri) - 2003.30.03 – (Toshkent shahri). Turkiston shahri, Qoratog’ etagida joylashgan Qarnoq qishlog’ida tug’ilgan. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1973). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1946). Birinchi kitobi – “Hikoyalar” (1957), “Oqsoy shalolalari” (1958), “To’rtko’zning boshidan kechirganlari” (1962), “Mehr” (1964), “Umr” (1972), “Qissalar” (1974), “Oltin qoziq” (1976, “Suzib borar arxarlar” (1982) kabi qissalar to’plami nashr etilgan. “Go’zallik izlab” (1960), “Xayr, bog’chajon, bog’cha!” (1962), “Hamsuhbatlar” (1969), “Yo’lda yo’ldosh bo’lganlar”, “Ustoz va shogirdlar” (1970), “Parvoz” (1973), “Yaxshilik urug’i” (1986), “Yaylov gurunglari” (1988), “Anqov” (1999), “Saylanma” (1986, 2 jildli) singari ocherklar va hikoyalar to’plamlari muallifi. “Oqsoy” (1961), “Sayli” (1979) romanlari rus tili va boshqa tillarga tarjima qilingan. “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan (1999).

Ma’lumot: XX asr o’zbek hikoyasi antologiyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan