SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2017
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192022232425
2627282930  
Adabiyotshunos Homil Yoqubov tavallud topgan kun
1907-09-14

Homil  Yoqubov Islomovich (1907.14.9 — Toshkent — 1998.3.2) — adabiyotshunos, adabiy tanqidchi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1968), filologiya fanlari doktori (1967), professor (1970). Leningrad davlat pedagogika institutida o’qigan (1926—27), O’rta Osiyo Rejalashtirish iqtisod institutini tugatgan (1932). O’zbekiston FA Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, direktor o’rinbosari, bo’lim boshlig’i, professor maslahatchi (1934—97). Shuningdek, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1934—35; 1944—45), Toshkent kechki pedagogika instituti (1939—42) hamda O’rta Osiyo davlat universitetida dars bergan (1948-51; 1956-59). Yoqubovning adabiy tanqidchilik faoliyati 30-yillardan boshlangan. "Hamid Olimjonning ijodiy yo’li" (1936), "Zahiriddin Muhammad Bobur” (1940), "A. Qahhor novellalari" (1946), "G’afur G’ulom". (1959), "Oybek" (1959), "Adibning mahorati" (1966) kabi maqola va monografiyalari o’zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining muhim masalalariga bag’ishlangan. Maktablar uchun adabiyot darsliklari, xrestomatiya va o’quv dasturlarini tuzish va nashr ettirishda faol qatnashgan. Yoqubovning bevosita ilmiy rahbarligi va ishtirokida hozirgi zamon o’zbek adabiyoti tarixiga oid 2 jildli (1961 — 62) va ruscha nashri — 1 jildli (M., 1967) ocherklar to’plamlari hamda hozirgi o’zbek adabiyotining ko’p jildli tarixlari nashr etilgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan