SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Musiqashunos Soibjon Begmatov tavallud topgan kun
1957-09-20

San'atshunoslik fanlari nomzodi, musiqashunos, O'zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti Soibjon Begmatov ko'p qirrali ilmiy, pedagogik va jamoatchilik faoliyati bilan o'zbek musiqa san'ati rivojiga hissa qo'shib kelmoqda. U olib borayotgan ilmiy ishlari, ilmiy – ma'rifiy ma'ruzalari, ayniqsa televidenie orqali o'zbek mumtoz musiqa merosi, jumladan, maqom va ularning ijro jamoalari, xonanda va sozandalarning faoliyatlariga bag'ishlangan ko'rsatuvlari orqali ko'pchilikka tanish. Begmatov Soibjon Mahmudovich Namangan viloyati Chust shahridagi hunarmand – ishchi oilasida 1957 yil 20 sentyabrda tavallud topdi. Soibjon bolaligidan musiqaga qiziqdi, doimo o'qishga, ilm olishga intildi. 1964-72 yillarda umumta'lim maktabida va bolalar musiqa maktabida o'qidi. Musiqa maktabida mohir sozanda Abdullajon Homidov ustozligida qashqar rubobida chalishni o'zlashtira boshladi.  1972 yilda Namangan musiqa bilim yurtining musiqa nazariyasi bo'limiga o'qishga qabul qilindi. 1976 yili bilim yurtini bitirib, M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasi musiqashunoslik fakultetining tayyorlov kursiga o'qishga kiradi. Ixtisoslik bo'yicha Sharq musiqasi kafedrasida tahsil oldi va ustoz, musiqashunos Otanazar Matyoqubov rahbarligida “Eron dastgohlari” mavzuida diplom ishini muvaffaqiyatli yoqlab, 1984 yili konservatoriyani bitirdi. “Farg'ona vodiysi hofizlik an'analari” (Sodirxon Hofiz, Jo'raxon Sultonov va Rasulqori Mamadaliyevlar ijodi misolida) mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yozib, 1995 yili muvaffaqiyatli yoqladi. S. Begmatovning mehnat faoliyati 1983 yili O'zbekiston bastakorlar uyushmasi qoshidagi Musiqa jamg'armasining musiqiy targ'ibot bo'limida muharrirlikdan boshlandi. Shuningdek, 1984-86 o'quv yillari Guliston davlat musiqa bilim yurtida va 1986-87 yillarda Nizomiy nomidagi pedagogika instituti musiqiy pedagogika fakultetida musiqa tarixidan dars berdi. 1987 yildan Toshkent davlat konservatoriyasi Sharq musiqasi kafedrasi tarkibidagi Xalq musiqa xonasi mudiri va o'qituvchi vazifalarida ishlay boshladi. Shu kunga qadar kafedra dotsenti va O'zbekiston davlat konservatoriyasi malaka oshirish fakulteti dekani lavozimlarida ishlab kelmoqda.  S.Begmatovning ilmiy-ijodiy, o'qituvchilik va jamoatchilik keng, qamrovlidir. U quyidagi ilmiy maqolalarning muallifi: “Diloromning jozibali ohanglari”, ( “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” 1987 yil 28 avgust) , “Shifobaxsh ohanglar”, (Guliston” jurnali. 1990 yil № 12), “ O'lmas navolar” (O'zbekiston adabiyoti va san'ati” 1990 yil 29 mart). “ Ushshoq” Yu. Rajabiy va Sodirxon hofiz materiallari , T. 1993 yil), ( Rajabiyxonlik ilmiy-amaliy anjuman materiallari , T., 1993 yil), “El ardog'idagi san'atkor”, (Xalq so'zi” 1994 yil 18 aprel), “Mumtoz xonandalik san'ati mezonlari”, Guliston 1995 yil № 6) , “ Sharq ovozi” , ( Nafosat jurnali , 1995 yil № 7-8), “Oltin meros”, (O'zbek adabiyoti va san'ati “) , Buyuk ijodkor” (“Guliston” 1997 yil № 5), “Bolalar qalbini rom etib”, (O'zbekiston adabiyoti va san'ati “ 26.12.97 yil), Navoiy navolari” (Mulohaza), (“O'zbekiston adabiyoti va san'ati “ , G., 1999 y.)”G'ulomjon surnaychi” (“Nafosat” 2000 yil №3), “ Orifxon Hotamov (ijodiy portret) , T., 2000 y. Shuningdek, “ Xonandalikda ovoz talqini” ilmiy ocherk, (qo'lyozma), “Toshkent viloyati musiqiy folklori” to'plamiga “Bo'stonliq tumani musiqiy folklori “ (qo'lyozma), “Farg'ona-Toshkent cholg'u turkumlari” (qo'lyozma), “Afg'oniston” va “Eron” musiqa tarixi (qo'lyozma), Kamoliddin Rahimov (ijodiy portret, qo'lyozma) va boshqalar muallifidir. U 1994 yildan boshlab “An'analar etadi davom”, “Ko'hna sozlar”, “Musiqamiz xazinasidan”, “Mumtoz musiqamiz merosidan”, “Barhayot navolar”, “Shashmaqom”, “Nafosat gulshani” kabi turkumli ko'rsatuvlar hamda “Xazina”, “Xalq ijodiyotidan”, “Meros” kabi turkumli radioeshittirishlari muallifi va olib boruvchisi sifatida ishtirok etdi. S.Begmatov xalq musiqa ijodiyotini o'rganish va kelajak avlodga yozma namunalarini qoldirish maqsadida xalq ijrochilik amaliyotida mavjud asarlarni notaga olish bilan ham shug'ullanib kelmoqda. Uning O.Hotamovning ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan kitobi, “ Chustiy g'azallariga K.Rahimov ashulalari”, “Farg'ona – Toshkent surnay yo'llari “, “Shashmaqom va an'anaviy ijrochilik maktablari”, “ An'anaviy xonandalikning ijro uslublari “, “Farg'ona vodiysi an'anaviy ijrochiligi”, “Mumtoz xonandalik san'ati mezonlari” shular jumlasidandir.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan