SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516181920
21222324252627
28293031   
Soyabonni tug'ilgan kuni
0000-04-15

Bizgacha yetib kelgan, soyabonlarning eng qadimgi suratlarining yoshi 3000 yil. Soyabonning “avtorlik huquqlari”, eramizdan avvalgi 10 asrda oddiy duradgor-ishchi, o'z rafiqasi uchun, “doimo yonida bo'lgan, tom”ni yasab bergan, Xitoy fuqarosiga tegishli. Lekin, yangiliklar bilan ko'pincha bo'ladigandek, soyabonlar boylarning zeb-ziynati sifatida tan olindi. Soyabonlar, ularga bir vaqtning o'zida quyoshdan himoya bo'lib ham, egasining boyligini ko'rsatib turuvchi o'ziga xos belgi sifatida ham xizmat qilgan. Shunday qilib, Siam qiroli, oltin va olmos bilan bezatilgan, 7 qubbali soyabon tegida aylanishni yoqtirgan. Birma qirolining 24 qubbali soyabon bor edi, buning uchun ham, “24 zontiklarning amiri” degan nom olgan. Soyabon madaniyati, xatto Afrika mamlakatlarida ham mavjud bo'lgan, u yerda u toj bilan teng bo'lib, amirlik belgisi edi. Vaqt o'tishi bilan, soyabon oddiy xalq orasida ham, keng tarqala boshlagan. Sharqdan u Yunonistonga ham ko'chib borgan, undan so'ng rimga, keyinchalik, ajoyib ayollar krujevali parasol (Quyoshdan saqlovchi soyabonlar) o'rta asrlar Yevropasida paydo bo'lgan. Soyabonlar omma orasida mashxurligining ikkinchi to'lqini 18 asrlarga 15 aprelga to'g'ri keladi, u paytda soyabondan yomg'irdan bosh pana sifatida foydalana boshlangan. Bu g'oya kishilarga shunchalik xush keldiki, keyinchalik soyabonning bu vazifasi asosiy vazifa bo'lib qoldi. Rossiyada soyabonlar 18 asr oxirlarida paydo bo'lgan. Ular moda, modistlar va bojka Parij kashfiyotlari bilan birga kelgan. Biroq, soyabon Fransiyadan kelganiga qaramasdan, uning fransuzcha talaffuz qilinishi — «parasol» — Rossiyada ommalashmadi (ukrainaliklar, misol uchun, soyabonni «parasolya» deydilar). Lingvistlar ta'kidlashlaricha, bu predmetning ruscha nomi, 18 asr boshlaridagi dengizchilar ustavidan olingan. «Zondek» (gollandiyada «zondec») – kemada, quyoshdan saqlovchi soyabon. Bugun unday zontiklar qiziq tuyulsa ham, kashfiyotchilar harakatlari zoe ketmadi. Bugun soyabon – yuqori texnologiyalar buyumi. Ular eng zamonaviy materiallardan ishlanib, ularni ustida nafaqat dizaynerlar, balki injenerlar ham ishlaydilar. Yig'iluvchi avtomat soyabonlar, foydalanishda yana ham qulayroq bo'lmoqda. Lekin, ma'lum bo'lishicha. Texnika qanchalik murakkab bo'lsa, nozik tomonlari ham shunchalik ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham, hassa-soyabon o'z mashhurligini yo'qotmaydi. Hassa-soyabonning oddiy va orasta konstruksiyasi, 100 yildan beri modadan qolishmaydi. Hassa-soyabon, nafaqat chiroyli, balki shu bilan birga qulay ham: suv, uning qattiq va yana ham dumaloqroq qubbasidan tez sirpanib tushadi, va u tezroq quriydi. Bundan tashqari, u egasining didini, bashangligini va beg'ubor kayfiyatini aks ettiradi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan