SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141517181920
21222324252627
28293031   
Takayama bayrami kuni
0000-04-14

14-15 aprel kunlari Takayama shaxrida (Gifu prefekturasi) Takayama masuri bayrami nishonlanadi. Bayram 16 asrdan boshlangan. Ushbu tomosha bayrami hashamatliligi Tokio va Kiotoda o'tkaziladigan mashxur ibodat bayramlari bilan raqobatlashishi mumkin. Bayram erta bilan Xie-Dzindzya ibodatxonasida boshlanadi. Ibodatxonada yig'ilgan sozandalar baraban va yapon fleytalar jarangi bilan barchani uyg'otadilar. Asta-sekin an'anaviy bayramona kiyingan mahalla aholisi yig'ilishib shaxar ko'chalaridan tantanali yurishga chiqadilar. Baraban ohangi ostida raqsga tushib, odamlar mikosi ko'chma taxtiravon ko'tarib olib yurishadi va serhasham qurilmalar bilan bezatilgan katta yatai arava-platformasini sudraydilar.Rivoyatlarga ko'ra, bayram paytida ma'budalar xalq bilan yaqin bo'lish maqsadida o'z ibodatxonalarini tark etib, vaqtincha mikosi va yatailarga ko'chib kiradi. Bu Takayama masuri aravalari diqqatga sazovor xisoblanadi. Aholiy ustalar bu qurilmalarni tashqi va ichki tomonlarini dabdabali o'yma naqsh bilan bezaydilar, xar bir yatai yog'och o'ymakorlik san'atiga aylanadi. Xar bir yatai va mikosi bir biridan farqlidir.Bir yatai yaratish uchun ko'p mablag' kerak bo'lganligi tufayli uni butun kvartal aholisi quradi. Aholi eng xashamatli dekor va bejamdor naqshli yatai qurish bo'yicha o'zaro musobaqalar uyushtirganlar va xozirda Takayamada 25 yatai saqlanib turibdi , eng qadimgisi XVII asrga taluqli. Ushbu bayramdan zavqlanish uchun Takayamaga Yaponiyaning barcha prefekturalaridan minglab mehmonlar yig'ilishadi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan