
“Яндекс” qidiruv xizmati foydalanuvchilar
tomonidan 2013-yil 16 aprelda eng ko‘p
izlangan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, so‘rovlarning 95 foizi kundalik
hayotning turli jabhalari − ta’lim, turmush muammolarini yechish, ko‘ngilochar
sohalar bo‘lgan. Foydalanuvchilar turli atamalar va notanish
so‘zlar, yangi so‘zlar, mehmonlar, yangi xizmatlar, bayramlarning ma’nosini
qidirgan. 2010-2012-yillarda deyarli bir xil so‘zlar: “sevgi”, “imxo”,
“lizing”, “epitet”, “akkaunt”, “wi-fi”, “franshiza” kabilar ko‘p izlangan.
2013-yilda esa eng ko‘p qidirilgan 25 ta so‘zdan 13 tasi yangi bo‘lgan. So‘nggi
5 yilda ilk marta “sevgi” so‘zi 1-o‘rinni egallay olmagan. “Selfi” birinchi,
“maydan” ikkinchi, “SNILS” uchinchi ko‘rsatkichni qayd etgan.