SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141517181920
21222324252627
28293031   
Nyu-Yorkda elektron pochta orqali qo‘lyozma xatlar yuborish xizmati tashkil topgan kun
2014-04-14

20 yil ilgari deyarli barcha tashkilotlar yozishmalarni va hujjatlarni qog‘ozda olib borardi. Elektron pochtaga va raqamli hujjatlarga o‘rgangan bugungi zamon odami uchun bu holat notanish, hatto o‘rta yoshlilar ham bu ko‘nikmalarni unutib boryapti. Lekin bu siyohli ruchka va qog‘oz keraksiz eskilikka aylandi degani emas. Nyu-Yorkda tashkil etilgan yangi “Bond” firmasi mana shunday vaziyatlarda qo‘l keladigan yangi texnologiyani bozorga olib chiqdi. Endi zamonaviy texnologiyalar yordamida qo‘lyozma matnlar tayyorlab, ularni maxsus printerlarda chop ettirish yoki pochti orqali kerakli manzilga yuborish mumkin. Qo‘lyozma maktublar yetkazish xizmati 2014-yil 14 aprelda sovg‘alar yetkazuvchi tashkilot qoshida ochildi. Ammo qo‘lyozma maktublarga ehtiyojning yuqoriligini e’tiborga olgan holda xizmat kengaytirildi. G‘oya muallifi Sonni Kaverbalning so‘zlariga qaraganda, xizmat mijozlarni qog‘oz va qalam sotib olishdan ozod qilib, qo‘lyozma hujjatlarni tezkor ravishda manzilga yetkazib beradi. Maktub jo‘natish jarayoni bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab planshet yoki smartfondagi maxsus dastur orqali mijozning dastxati olinadi va saqlanadi. Dastur dastxatning o‘ziga xos jihatlarini eslab qoladi: harflarning qiyalik darajasi, ular orasidagi masofa va hokazo. Shu tariqa qo‘lda yozilgan bir necha abzats matn yordamida katta-katta hujjatlarni yaratish mumkin bo‘ladi. Shundan so‘ng mijoz klaviaturada o‘z dastxatidan foydalangan holda matn yozadi va uni kompaniya xodimlariga yuboradi. Maktub maxsus printerda chop etilib, konvertga solingan holda 1 kun ichida manzilga yetkaziladi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan