Rasmiy
nomi – Tuvalu.
Poytaxti – Funafuti. Hududi – 26 km2.
Aholisi – 9897 kishi (2012). Davlat tili – Tuvalu va ingliz. Aholining asosiy
qismi xristian dinining protestant mazhabiga e’tiqod qiladi. Pul birligi-tuvalu
dollari. Geоgrafik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanning janubi-g’arbiy qismidagi
davlat. Sohilining uzunligi – 24
km. Shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa tomon 600 km uzunlikdagi masofada
joylashgan 9 ta marjon orollar Tuvaluni tashkil etadi. Asosiy orol- Funafuti. Asosiy tabiiy boyligi – baliq. Iqlimi –
subekvatorial. O’simlik dunyosi paporotnik va mangrzorlardan iborat. Hayvonot
dunyosini cho’chqa, it, kalamush, dengiz qushlari, kaltakesaklar tashkil etadi.
Tuvalu
mustaqillikka 1918 yilning 1 oktyabrida erishdi (avvalgi nomi – Ellis
orollari). 1 oktyabr – Milliy bayram (Mustaqillik kuni). Iqtisodi asosan baliqchilik va qishloq
xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdan iborat. Eksport qilinadigan asosiy
mahsulotlari – kokos yong’og’i va kopra (kokos yong’og’ining mag’zi). Turizmning
rivojlanishiga orollarning juda uzoqda joylashganligi to’sqinlik qiladi.
Hukumat marka va tangalar sotishdan ham katta daromad oladi. 2012 yilda YaIM
miqdori 36 mln (aholi jon boshiga – 1600) dollarni tashkil etgan. Asosoy savdo
sheriklari: Fiji,
Avstraliya, Yangi Zelandiya. Avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi – 8 km. Portlari: Funafuti, Nukufetau.
Ma’lumot:
Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.