SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
30      
Fiji Orollarida mustaqillik kuni
1970-10-10

Rasmiy nomi – Fiji Orollari Respublikasi. Poytaxti – Suva. Hududi – 18333 km2. Aholisi – 875800 kishi (2012). Davlat tili – ingliz, fiji va hind. Aholining asosiy qismi xristian dinining protestant mazhabga va yahudiylik diniga e’tiqod qiladi. Pul birligi – fiji dollari. Geografik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanining janubiy qismidagi Fiji orollarida (jami 844 ta orol) joylashgan davlat. Eng yirik orollari – Viti-Levu va Vanua-Levu. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 1129 km. Orollarning rel’fi vulqonlar natijasida paydo bo’lgan tog’ tizmalari va yassitog’liklardan iborat. Eng baland nuqtasi – 1322 m. Asosiy tabiiy boyliklari: baliq, oltin, mis. Hududining 8% i haydaladigan yerlar, 65% ini o’rmon va to’qaylar tashkil etadi. Iqlimi – tropik okean iqlimi. Tog’ yon bag’irlari tropik o’rmonlar bilan qoplangan. Tekis hududlarda yaylov o’simliklari o’sadi. Fijining hayvonot olami boy emas. Ko’p tarqalgan sut emizuvchilar – ko’rshapalak va uchar tulki. Chetdan keltirilgan hayvonlardan mangustlar keng tarqalgan. Fiji mustaqillikka 1970 yilning 10 oktyabrida erishdi (avval Buyuk Britaniya mustamlakasi). Shu sana milliy bayram hisoblanadi (Mustaqillik kuni). Tarixi. Orollarning bir qismi 1643 yilda Tasman tomonidan, qolgan qismi 1774 yilda, Kuk tomonidan kashf etilgan. 1874 yilda Fiji Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylanadi, lekin ichki o’z-o’zini boshqarish huquqini saqlab qoladi. Britaniya Hamdo’stligi a’zosi Fiji mustaqillikka 1970 yilda erishadi. 1987 yilda podpolkovnik Rabuk boshchiligidagi davlat to’ntarishidan so’ng, Fijida respublika tuzumi o’rnatildi.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan