SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Turkiyada mustqillik kuni
1923-10-29

Rasmiy nomi – Turkiya Respublikasi. Poytaxti – Anqara. Hududi – 814578 km2. Aholisi – 75627300 kishi (2013). Davlat tili – turk. Aholining asosiy qismi islom diniga e’tiqod qiladi. Pul birligi – turk lirasi. Geografik joylashuvi va tabiati. G’arbiy Osiyo (hududining katta qismi) va Janubi-Sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Mamlakatning Yevropa va Osiyodagi hududlarini bir-biridan Bosfor, Dardanell bo’g’ozlari hamda Marmar dengizi ajratib turadi. Janubda – Suriya (chegara uzunligi – 822 km) va Iroq (352 km), sharqda – Eron (499 km), shimoli-sharqda – Armaniston (268 km), Gruziya (252 km), Ozarbayjon (Naxichevan’ viloyati-9 km), shimoli-g’arbda – Bolgariya (240 km) va  Gretsiya (206 km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi-2648 km. Shimolda Qora dengiz, g’arb va janubi-g’arbda O’rta Yer dengizi joylashgan. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 7200 km. Hududining katta qismini Kichik Osiyo va Arman tog’liklari egallagan. Eng baland cho’qqisi-Katta Ararat tog’i (5165 m). Mamlakatning markaziy qismida Anatoliya (Anado’lu) yassitog’ligi, janubda Tavr tog’lari, shimolda Pont tog’lari joylashgan. Asosiy daryolari: Frot, Dajla Irmoq. Yirik ko’llari: Van, Tuz (sho’r ko’llar). Turkiyada ko’mir, temir rudasi, xrom, mis konlari bor. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 30%, o’rmon va to’qaylar 26%, yaylov va o’tloqlar 12% ini tashkil etadi. Iqlimi – subtropik, g’arbiy va janubiy sohillari O’rta Yer dengizi iqlimiga xos, mamlakat ichkarisida kontinental. Turkiyaning florasi boy bo’lib, unda o’simliklarning 6700 turi uchraydi. Shularning uchdan bir qismi Turkiya hududidan boshqa joyda uchramaydi. Ohu, to’ng’iz, qoplon, ayiq, bo’rsiq, muflon, kemiruvchilar, Kichik Osiyo qora iloni, O’rta Yer dengizi toshbaqasi, kaltakesak, agamalar hayvonot dunyosining asosini tashkil etadi. Mamlakat tarkibiga 75 ta viloyat kiradi. 1923 yilning 29 oktyabridan respublika hisoblanadi (avval – Usmoniylar imperiyasi). 29 oktyabr milliy bayrami – Respublika e’lon qilingan kun. Asosiy savdo sheriklari: Germaniya, AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan