SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121314151618
19202122232425
2627282930  
Amerika astronavti Edvard Uayt jahonda ikkinchi bo'lib ochiq fazoga chiqqan kun
1965-06-03

1959 – 1960 Amerika uchuvchisi Edvard Uayt Amerikaning Edvars aviabazasida harbiy havo xizmatida uchuvchi – sinovchilika o'qidi. O'qishni tugatgandan so'ng Ray Patterson avibazasining aviyasiya sohasi bo'limiga yo'llanma oldi. Aynan shu yerda birinchi marotaba kosmik ishlar bilan tanishdi. Uayt parabal traektoriyasi uchun moslashgan KS – 135 rusumli samolyotning uchuvchisi bo'lgan. Uning samolyotida NASAning birinchi tanlovdan o'tgan astronavtlar kosmosga uchishga tayyorgarlik ko'rishgan. 1962 yil sentyabrida NASAning ikkinchi tanlovida Uaytning o'zi hamma medisina testlaridan o'tib, astronavtlar gruppasiga kirdi.1965 yil 3 iyunda u “Gemini-4” korabilida kosmosga uchdi. Uchish davrida u amerika astronavtlari orasida birinchi (dunyo bo'yicha ikkinchi) bo'lib ochiq kosmosga chiqib 36 minut ishladi. Kosmosni manyovr qilishda qo'l reaktiv moslamadan foydalandi. Uning kosmosdagi parvozi 4 sutkadan iborat bo'ldi. 1966yil 21 martda Edvard Uaytni “Apollo” dasturi bo'yicha birinchi fazoga uchuvchilarning rahbari qilib tayinlashdi. 1967 yil yanvarda odatdagi mashqlardan birida kosmik kemada yong'in sodir bo'ldi. Hamma ekipaj a'zolari va Uayt ham halok bo'lishdi. Edvard Uaytning vafotidan so'ng unga AQSh kongressining faxrli Kosmik medali bilan taqdirlandi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan