SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272830  
Xalqaro jaz orkestrlari festivali kuni
1914-06-26

1914 yildan beri har yili 26 iyunda Monreal shahrida ommalashib ketgan xalqaro jaz orektirining bayrami o'tkaziladi. Bu dunyoda eng katta festival bo'gani uchun Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. Kanadaning qadimiy shaharlaridan biri bo'lgan Monreal shahrining diqqatga sazovor bo'lgan tadbirlaridan biri hisoblanadi. Muqqadas Lavreniya daryosining sohilida 17 – 19 asr frasuz uyg'unligini saqlab qolgan holda ta'mirlangan qadimiy shahar. Unda ko'plab restoran va ochiq qahvaxonalar mana 30 yildirki har yili bir necha kunga konsert maydonlariga aylanadi. Maydonda jahondagi eng mashhur jaz orketrlari minglab tomoshabin va turistlarni yig'adi. Jaz festivali Monrealning iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo'shadi. Festival tufayli shahar g'aznasiga millionlab dollarlar kelib tushadi. Festival konsertlarida 20 dan ziyod davlatlardan 2000 mingdan ortiq muzikantlar ishtirok etadilar. Ularni konsert dasturlarini sevib tinglovchi muhlislarining soni xozirga kelib ikki milliondan oshib ketdi. Bu festivalning asoschilari Andre Menard va Alen Simard bo'lishgan. Ularning boshlagan ishlarini hech kim qo'llab quvvatlamagan. Alen Smart federal hokimiyat rahbarlaridan festivalni tashkil qili uchun moddiy yordam so'raganida ular ochiqdan ochiq uning ustidan kulishdi. Ikki kun davom etgan birinchi Monreal festivalida 12 ming tomashabin yig'ilgan. Endilikda muzikaning turli janrida o'tkaziladigan festivallar ichida Monrealda o'tkaziladigan jaz bayrami eng yirik va mashhur hisoblanadi. Bayram taxminan 10 kun davom etib, uning asosiy katta maydonlarida besh yuzdan ortiq konsertlar beriladi. Festiva shousiga dunyoning turli mamlakatlaridan ikki milliondan ortiq jaz ishqibozlari yig'ilishadi. Festival kunlari tongdan tungacha shahar ko'chalari bo'ylab sayr qilish, doimo xushmomala insonlar bilan suhbatlashish, do'stlar ortirish va bundan huzur – halovat olishlari mumkin.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan