
Muzaffar Muhamedov
(1902-1995)
O’zbek milliy
teatrining
tashkilotchilaridan biri,
iste’dodli rejissor Muzaffar
Muhamedov 1902 yil 1yanvarda Toshkentda tug’ildi. Mehnat faoliyatini
1918 yilda Toshkentda, Hamza rahbarligidagi “Turk
kuchi” truppasida aktyor
sifatida boshlaydi.
1919-1924 yillarda o’zbek namuna
drama truppasida aktyor
bo’lib ishlaydi.
M.Muhamedov
1924-1927 yillarda Moskva
O’zbek drama studiyasida
o’qiydi. O’qishni tugatgach,
1928-30 yillarda Andijon teatrida bosh
rejissor, 1930-39 yillarda o’zbek
davlat musiqali drama
teatri, 1939-43 va 1950 yillarda Alisher Navoiy
nomidagi Opera va
balet teatri rejissori, 1943-50 yillarda
Muqimiy nomidagi musiqali
drama va komediya
teatrining bosh rejissori
bo’lib qizg’in ijod
qildi. Faoliyati mobaynida o’nlab
dramatik, musiqali drama va opera asarlarini muvaffaqiyatli ravishda
sahnalashtirib, o’zbek teatr san’atining
rivojiga katta hissa
qo’shdi. U sahnalashtirgan T.Aminovning “Zafar”, S.Husaynning “G’alaba”,
Fitratning “Arslon”, K.Gossining “Malikai Turandot” dramalari, K.Yashin va Glierning
“Gulsara, K.Yashin va
T.Jalilovning “Layli va Majnun”,
G’.Zafariyning “Halima”, S.Abdulla , T.Jalilov, B.Brovsinning “Tohir va Zuhra” , Z.Fatxullin va D.Zokirovning “G’unchalar”, S.Abdulla ,
T.Jalilov, B.Nadejdinning “Alpomish” musiqali
dramalari, R.Glier va T.Sodiqovning “Gulsara”, “Layli va Majnun”, S.Vasilenko va M.Ashrafiyning “Ulug’ kanal”, R.Hamroyevning “Zulmatdan ziyo”,S.Boboyevning “Hamza” kabi opera asarlarining
ko’pchiligi o’zbek teatr san’atining oltin
hazinasidan munosib o’rin
egalladi.
M.Muhamedov dramaturg
sifatida ham faoliyat
ko’rsatib, K.Yashin bilan
ijodiy hamkorklikda 1932 yilda “Ichkarida” pyesasini, “Gulsara”
(1948), “Dilorom” (1958), S.Abdulla
bilan hamkorlikda “Maysaraning
ishi” (1956)
opera-librettolarini yozdi.
O’zbek
teatr san’atining ulkan
tashkilotchilaridan biri, talantli rejissyor
M.Muhamedovning xizmatlari munosib
taqdirlandi. 1937 yilda unga
“O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan
san’at arbobi”, 1959 yilda “O’zbekiston xalq
artisti” unvonlari berildi.
M.Muhamedov
1995 yilda Toshkentda vafot
etdi.
M.Muhamedov
mohir rejissyor, o’zbek teatr
san’atining tashkilotchilaridan biri
sifatida madaniyatimiz tarixida
o’chmas iz qoldirdi.