
30-may 2014 yil AQShda “Malefisenta” fantastik -filmining premyerasi bo’ldi. Rossiyada bu film bir kun oldin 29 mayda prokatga chiqdi. Film 1959 yilda taniqli Sharl Perroning “ Uyqudagi go’zal” ertagi bo’yicha suratga olingan disney multifilmiga taqlid asosida yaratilgan. Filmning rejissyori “Avatar” va “Alisa V Strane chudes” fillarining postanovshik-rassomi, ”Oskar” mukofotining ikki marta sohibi -Robert Stromberg. Filmning taniqli tarixi yovuz pari Malefisenti bo’lib,bosh rolni amerika kinoaktrisasi Anjelina Djoli ўynagan.Filmning syujeti juda oddiy. Malefisenti parisining qanotlarini uni sevgan yori o’g’irlab qo[‘yadi. U qirol bo’lish uchun Malefisentini o’ldirmoqchi bo’ladi, lekin bu ishni qilolmay faqat uni qanotini uzib tashlagan. Anjelina Djoli yovuz Malefesenta rolini juda tabiiy o’ynagan. Djolining aytishi bo’yicha: “Biz ayollarning kuchi va bir birlarini his qilishlari tarixi haqida gapirib bermoqchi bo’ldik”. Filmning asosiy maqsadi xalq hammaga ma'lum bo’lgan xalq donishmandligini tasdiqlaydi: “Hamma ayollar ham go’zal parilardir, ularni qanotlarini қayirsa ham qiyin vaziyatdan chiqib ketadilar.