
1916
yil 21 noyabr ertalab Egeya dengizida “Britanik” kemasi cho‘kib ketdi. O‘sha
vaqtning eng katta kemasi hisoblangan “Britanik” gospitalga mo‘ljallanib qayta
jihozlangan va Birinchi jahon urushi harbiy harakatlarida faol qatnashgan. “Uayt
Star Layn” kompaniyasining beshta tezyurar yirik passajirlar kemasidan biridir.
“Britanik” - gospital kemasi boshida passajir layneri sifatida qurilgan va
“Gigantik” deb nomlangan. U cho‘kib ketgan “Titanik” kemasi o‘rnini bosish
uchun o‘ylab topilgan va takomillashtirilgan holda yaratilgan. Masalan, suv
palubalardan tortib kayutalargacha suv o‘tkazmaydigan devor bilan qoplangan.
Biroq o‘zi yaratilgan joyda Sutgempton-Nyu-York
yo‘nalishida bo‘lish nasib etmadi. Buning o‘rniga layner birdan Britaniya harbiy flot boshqarmasi ixtiyoriga
o‘tkazildi, va gospitalga moslashtirilib jihozlandi.Shu maqsadda “Britanik” bortiga 3000 dan ortiq patsiyent
qabul qila olar edi. 1915 yil noyabrda
layner flot tarkibiga kiritilib O‘rtayer dengiziga jo‘natildi. O‘rtayer
dengiziga besh marta muvaffaqiyatli safarni amalga oshirdi va Britaniya
imperiyasining 15000 ta soldatini olib keldi. 1916 yil 21 noyabrda Egeya
dengizida nemis minasiga yo‘liqib, ag‘darilib ketdi va 55 minut ichida cho‘kib
ketdi. Qutqaruvchilarning yaxshi tashkillashtirilgan ishlari sharofati bilan
1136 ta jarohatlangan guruh a'zolaridan 21 tasi halok bo‘ldi. 2000 yil
rejissyor Brayan Trengard-Smit tomonidan “Britanik” badiiy filmi suratga
olindi.