SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Butun dunyo uy hayvonlari kuni
0000-11-30

Har yili 30 noyabrda ko‘plab mamlakatlarda Butundunyo uy hayvonlari kuni nishonlanadi. Bayramni tashkil qilish g‘oyasiga tabiatni himoya qilish tarafdorlarining Florensiyada (Italiya) o‘tkazilgan 1931yil Xalqaro kongressida kelishib olindi. Shunda turli ekologiya tashkilotlari va tabiatni himoya qiluvchi jamiyatlar turli ommaviy tadbirlarni tashkil qilishga tayyor ekanliklarini izhor qildilar. Insonlarda planetamizdagi hamma hayvonlarga , shu bilan birgalikda uy hayvonlariga nisbatan javobgarlik hissini tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Shundan buyon, har yili bu bayram nishonlanib kelinmoqda. Antuan de Sent-Ekzyuperining asaridagi kichik shahzodaning so‘zlari bayram shioriga aylandi: “Qo‘lga o‘rgatib olgan hayvonlaring uchun, sen doim javobgarsan.” Bayramga bag‘ishlangan tadbirlar turli-tuman bo‘lib, har qaysi mamlakatda o‘ziga xos tarzda o‘tkaziladi. Qayerdadir hayvonlarga qo‘pol munosabatda bo‘lishga qarshi kurashayotgan soqchilar otryadi bilan o‘tkaziladi, qayerdadir mushuk va kuchuklarning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Kimdir shu kuni qanotli,suvda suzuvchi yoki to‘rt oyoqli do‘stiga hamma narsaga ruxsat beradi, kimdir ko‘p shirinliklar olib beradi.Oxirgi yillarda dunyo bo‘yicha muvaffaqiyatli ommalashib borayotgan aksiyalardan biri - “Qo‘ng‘iroqcha” aksiyasidir. Har bir mamlakat yoki shahar zooparklarida bir minut davomida bolalar hammani hayvonlar himoyasi muammosiga e'tiborlarini qaratishlari uchun qo‘ng‘iroqchalarni chaladilar. Uy hayvonlari egalari shuni ta'kidlab o‘tadilarki, hayvonlarning ko‘ngliga yo‘l topish juda oson - buning uchun ularni sevishning o‘zi kifoya, shunda ular ham shunday javob beradilar. Shuni eslatib o‘tish joizki, Butunittifoq hayvonlar kuni xar yili 4 oktyabrda o‘tkaziladi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan