SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Shotlandiyada afsonaviy kiper “Katti Sark” suvga tushirildi
1869-11-23

1869 yil 23 noyabrda afsonaviy yelkanli kema kliper “Katti Sark”- bizlarning kunlarimizgacha saqlanib qolgan, yagona choy tashuvchi kema suvga tushirildi.Kema Gerkules Linton tomonidan loyihalangan. “Katti Sark”- 3 machtali kliper-shotlandiyaning Dumbarton shaharchasidagi kemalar tuzatiladigan korxonada  londonlik kema egasi Djon Uillis buyurtmasiga ko‘ra qurilgan.Klipperning quyi tomoni mis taxta bilan qoplangan, 335 m2li yelkanga ega. Robert Bernsning “Tem o Shenter” nomli she'riy povestidagi yalmog‘iz Nennining kalta ko‘ylagi sharafiga “Katti Sark” deb nomlangan (Korotkaya rubashka). “Katti Sark” dan Xitoydan choy keltirishda foydalanish ko‘zda tutilgan edi, lekin kliper 1872 yilgi poygada tez yurar Fermopilga yutqazadi. Ikkala kema ham shanxaydan 18 iyunda yo‘lga chiqadi, biroq Katti Londonga 18 oktyabrda “Fermopil” dan bir xafta keyin yetib keladi. Bir qancha vaqt kliperdan  Avstraliyadan jun olib kelishda foydalanadilar. Birinchi jahon urushi vaqtida kemada ko‘mir tashiladi. Kema tezlik bo‘yicha ko‘plab yuqori natijalarga erishdi, shuning uchun “okean qiroli” deb ataydigan bo‘ldilar. 1922 yil kapitan Uilfred Dounen uning o‘tmishdagi ko‘rkam holatini tikladi. 1938 yil kliper o‘quv kemasiga aylantirildi. 1954 yilda esa “Korotkaya rubashka” London yaqinidagi Grenvichda joylashgan kema tuzatiladigan korxonaga ko‘chirib keltirildi va muzeyga aylantirildi. Kema to‘liq viktoriansk davri jihozlari bilan bezatildi. 

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan