SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Ladoga kanalida ilk marotaba kemalar qatnovi boshlangan kun
1731-05-12

1731 yil 12 may 283 yil avval  Ladoga  kanalida kemalar qatnovi  boshlandi. 18 asr boshlarida Sankt-Peterburg floti va qo‘shinlarning  transport ta'minoti markaziy guberniyalarining  suv yullari  orqali bo‘lgan.  Neva  bilan  Volga  daryolarining  asosiy aloqasi     Ladoga ko‘li orqali amalga oshirilardi, lekin ko‘lda  tez-tez takrorlanuvchi bo‘ronli shamol  kemalar qatnovi uchun favqulotda xavfli edi - ko‘lda shu sababli yuzlab kemalar yuki bilan halokatga uchrardi. Shuning uchun Petr I  ko‘llarni  aylanib o‘tadigan  kanal qurishga qaror qildi. Loyiha bo‘yicha kanal  ko‘l qirg‘oq chizigidan bir oz uzoo‘roo‘dan,  Volxov va Neva daryolari orasidan o‘tishi kerak edi. Uni loyihaga ko‘ra  uzunligi 111 kmni (104 chaqirim) tashkil etgan,  Yangi Ladogadan  Shlisselburg  shahrigacha, kengligi suv  yuzasidan- 21 m (10 sajen ) yuqori bo‘lgan. Kanal reja bo‘yicha shlyuzlarsiz, chuqurligi Ladoga ko‘li  sathidan  2, 1 m pastroq bo‘lgan . Kanal  qurilishi  1719 yili martda boshlandi.Qurilish  ishlariga  general-mayor G. Skornyakov-Pisarev rahbarlik qildi.  Kurilishga minglab odamlar safarbar qilindi -dehqonlar, ko‘ngilli xizmatchilar  va xarbiylar. Mehnatning  og‘ir sharoitlari ,hamda  turmush tarzi  va ishlab chiqarish yaxshi tashkil etilmaganligi  tufayli qurilishda juda ham ko‘p o‘limga sabab bo‘ldi.  Rahbarning  sustligi, ishlarni qo‘l uchida boshqarib borishi  kurilishni cho‘zilib ketishiga olib keldi. 1723 yil  kuzda Petr I, shahsan o‘zi kanalda ketayotgan ishlarni borishini tekshirishdi.  Su'ratlar pastligi  va ko‘p sonli texnik buzishlarni ko‘rib  g‘oyat norozi bo‘ldi.  U Skornyakov-Pisarevni va ayrim ustalarning hibsga olishni  buyurdi. Qurilishga rahbar qilib xarbiy muhandis general-leytenant fon  Minix tayinlandi.  U  kurilshda tartib uyushtirdi,  ta'minotni yulga ko‘ydi  va ishchilarning maishiy sharoitlarini yaxshiladi, ularga muntazam ravishda pul  to‘lanadigan bo‘ldi. Aynan  Minix, ko‘lda suvning davriy tebranishlarini  hisobga olib,  kemalar o‘tishining ulardan qaramligini  bartaraf etish uchun,  kanal  loyihasini  shlyuzlar, suv tushirishlar, to‘g‘onlar, zahira hovuzlar va boshqa  inshootlar hisobiga mukammallashtirishni taklif qildi. Ko‘p gidrotexnik  inshootlar granit bilan bezatilgan bshlib,me'moriy nafislikka ega bo‘ldi. Buyuk Petr I ning  o‘limidan  so‘ng  Yekaterina I  kanalda qo‘shinlar miqdorini keskin kamaytirdi. Ishlar su'rati sekinlashdi. Faqat Minix tinmay xarakat qilishi tufayli 1731 yili bahorda  qurilish yakunlandi. Kirolicha Anna Ioannovna kanalni  tantanali ravishda ochdi, Shlisselburg  oxirgi to‘siqni shahsan buzish  bilan. 1731 yili ( 1 ) 12 may Ladoga kanalida kema yurishining  rasmiy sanasi bo‘ldi. Reformator-podsho  tashabbusi bo‘yicha  barpo etilgan bu kanal uning  nomi bilan atalgan: imperator buyuk Petr kanali   yoki Petr kanali. Kanal Sankt-Peterburg va Kronshtadtdan keyin miqyosi kattaligi bo‘yicha Petr I davridagi  uchinchi kurilish bo‘ldi. O‘sha paytda  kanal  Yevropaning  juda yirik gidrotexnik  inshooti va Rossiyaning  strategik nufuzli harbiy ob'yekti edi. Afsuski, ayni vaqtda kanallar o‘t bosib ketgan va axlat bilan to‘ldirilgan  havzalarga aylandi. Bu yana ham  achinarli hol, chunki  Ladoga kanallari YUNESKOning  dunyo miqyosidagi me'rosi  ruyxatiga kiritilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan