SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Butunjahon okeanlar kuni
2009-06-08

8-iyunda Butunjahon okeanlar kuni nishonlanadi. Yer yuzining 70 foizi okeandan iborat. Jahon okeani iqlimni bir me'yorda saqlab turishida ahamiyati katta. Chunki uning suvlari karbonat angidrid gazini yutuvchi vosita hisoblanadi. Olimlar jahon suv basseynini to‘rtta yirik okeanga ajratishadi: Atlantika, Hind, Tinch va Shimoliy muz okeaniga. Okeanlarni o‘rganishda okeanologiya shug‘ullanadi. Jahon okeani ilmiy tadqiqod ishlarni olib borishda asosiy ob'yekt hisoblanadi. Okeanlarni sirlarini o‘rganib borib, olimlar dengiz o‘simliklari va hayvonot olamini yangi turlarini ochib berishmoqda. Bu tadqiqotlar insonlarning farovon turmushini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. 1992 yil Rio-de-Janero (Braziliya)da o‘tkazilgan  Xalqaro konferensiyada Butunjahon okeanlar bayramini nishonlash taklif qilindi. Shundan beri har yili 8-iyunda Butunjahon okeanlar kuni nishonlanadi. Hozirgi kunda hayvonot bog‘lari, akvariumlar, delfenariya xodimlari dengiz tubidagi hayvonot olamini va ekologik muhitni saqlab qolishga o‘z kuchlarini sarflamoqdalar. 2008 yilda BMT Bosh assambleyasi 2009 yildan bayramni rasmiy ravishda o‘tkazish haqida rezolyutsiya qabul qildi.  

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan