SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
131415161719
20212223242526
2728293031  
Uganda Respublikasida mustaqillik kuni
1962-10-09

Rasmiy nomi – Uganda Respublikasi. Poytaxti – Kampala. Hududi – 236600 km2. Aholisi – 35620900 kishi (2012). Davlat tili-ingliz va suaxili. Aholi xristian dinining katolik (33%) va protestant (33%) mazhablariga, mahalliy dinlarga (18%) va islom diniga (16%) e’tiqod qiladi. Pul birligi-uganda shillingi. Geografik joylashuvi va tabiati. Afrikaning sharqidagi davlat. Sharqda – Keniya (chegara uzunligi-933 km), g’arbda-Kongo Demokratik Respublikasi (765 km), shimolda – Sudan (435 km), janubda-Tanzaniya (396 km) va Ruanda (169 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi – 2698 km. Mamlakat balandligi asosan 1100-1500 m bo’lgan yassitog’likda joylashgan. G’arbda Ruvenzori tog’ massivi bo’lib, unda mamlakatning eng baland cho’qqisi – Margerita (5109 m) joylashgan. Ugandada ko’llar ko’p. Ularning yiriklari-Mobutu-Sese-Seko, K’oga, Eduard va Viktoriya (qisman). Asosiy daryosi-Nil (irmoqlari bilan). Asosiy qazilma boyliklari: Mis, kobal’t. Mamlakat hududining 23% ini haydaladigan yerlar, 30% ini o’rmon va to’qaylar, 25% ini o’tloq va yaylovlar tashkil etadi. Iqlimi – subekvatorial. Ugandaning asosiy qismini savannalar tashkil etadi. Aloe, zontsimon oqmiya, Bassiy yong’og’i, kigemiya, temir daraxti o’sadi. Hayvonot olamini fil, begemot, jirafa, arslon, maymunlardan- tog’ gorillasi, oq-qora kolobus, serkopitekus (kamdan-kam uchraydi) tashkil etadi. Mamlakat 10 ta provintsiyaga bo’lingan. Mustaqillikka Uganda 1962 yilning 9 oktyabrida erishgan (avval Buyuk Britaniya protektorati). Bu kun milliy bayram (Mustaqillik kuni) hisoblanadi.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan