
Xalqaro sharbatlar kuni Rossiyada 19-sentyabrda nishonlanadi. Sharbatlar
kundalik oziq ovqat miqdorining muhim omili hisoblanadi. Sharbatlar-hali yosh
bayram bo’lishiga qaramay, ommaviy bayram sifatida turli davlatlarda
nishonlanadi. Bu bayramni nishonlashda asosiy maqsad- kundalik oziq ovqat
tarkibiga foydali va shirin ichimlikni iste’mol qilish zarurligi takidlanadi,
hamma ommaga shu shirin sharbatni miqdori salmoqli ahamiyatga ega ekanligi
targ’ib qilinadi. Bu bayramning ramzi- egzotik mevalar uchun bir xil
bo’laklarga bo’lingan bo’lib butun dunyo davlatlarini sharbatlarini turli-
tumanligi rasmlarda aks ettirilgan. Mutaxassislarni fikricha kundalik to’g’ri
ovqatlanishda sharbatlar iste’mol qilish zamonaviy insonlarning kerakli
oziqalar bilan tananing sog’ligiga imkon beradi. Ayniqsa qish mavsumida inson
tanasida turli-xil ozuqalar bilan oziqlanish ixtiyori seziladi, shuning uchun
sharbatlarning o’rni juda ham muhim. Ozuqa omili ekanligi yana bir bor
kerakligi ma’lum bo’ldi. Butun Jahon Sog’liqni
saqlash tashkiloti kundalik meva – sabzavotlarning 400 gr dan 1/5 qismini
sharbatlar bilan oziqlanishini tavsiya etadilar. Shu jumladan Rossiya aholisini
sharbatlar bilan oziqlanishi tanadagi kerakli bo’lgan ozuqa manbai hisoblanadi
va doimo eslatib boriladi. Ko’pgina Rossiya aholisi sharbatli ichimliklariga –
oddiy shirin ichimlik sifatida qaralmoqda. Xalqaro sharbatlar kunining belgisi
ham ushbu mahsulotni inson tanasiga qanchalik kerakli ekanligi haqida dalolat
berib turibdi. Xalqaro shirin ichimliklar ishlab chiqarish birlashmalari 2010
yilda Xalqaro sharbatlar kunini
nishonlash haqidagi tashabbusi bilan chiqdilar. Bu tashabbusni birinchi
bo’lib, Turkiya, Ispaniya, Polsha davlatlari maqulladilar, keyinchalik boshqa
mamlakatlar. Hozirgi kunda Sharbatlar kuni
ko’pgina davlatlarda shu jumladan Rossiyada ham nishonlanmoqda,
faqatgina yilning turli fasllarida o’tkazilmoqda. Xalqlarning urf-odatlari va
an’analariga tayangan holda. Rossiyada ushbu bayramning nishonlanish tarixi 2010
yildan boshlanadi. Rosssiya shirin ichimliklari ishlab chiqarish birlashmalari,
internet sayti orqali barcha shirin ichimliklarini iste’mol qiluvchilarga murojаat etib qaysi kuni bayram sifatida nishonlashini tanlab berishlari uchun
ovoz berishlarini iltimos qildilar. Shunday qilib, Rossiyada Sharbatlar kuni
bayram sifatida sentyabr oyining uchinchi shanba kuni deb e’lon qilindi. Kuz
oyi- barcha hosillarning yig’im terimi mavsumi bo’lib, hali kunlar ham uncha
sovib ulgurmagan bo’ladi. Bu bayram Moskvada Gorkiy nomli madaniyat va istirohat
bog’ida o’tkazilgan, ushbu tadbirda ommaviy axborot vositalari, mehmonlar
barcha ishtirokchilar, shirin sharbatlarni sevib iste’mol qiluvchilarni
qiziqarli bayram dasturlari bilan xushnud qildilar. Turli tuman shirin sharbatlarni
iste’mol qilishdi. Sharbatning foydali xususiyatlari haqida tushuntirishlar
olib borildi. Turli mamlakatlarda shirin sharbatlarni qanday tayyorlash
usullari hamda barcha tadbir ishtirokchilari o’z qo’llari bilan tayyorlangan
sharbatlari bilan ishtirok etdilar. Mutaxassislar sharbat haqida o’z fikrlarini
bildirdilar. Bayram tadbirida sharbatlarni mevalar tushirilgan turli-tuman
tasviriy rasmlarni ko’rgazmalari bo’lib o’tdi. “Shirin sharbatlar iching va
salomat bo’ling” nomli ko’rik-tanlovlar, bilimdonlar bellashuvi bo’lib o’tdi. Tadbirga qatnashgan barcha
ishtirokchilar oilaviy hordiq chiqarib, bayramdan boy taassurotlar bilan uyga
qaytdilar. Bolalar o’z qo’llari bilan turli-tuman rasmlarni chizib, o’yinlar
o’ynab