SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
91011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Elektr asoschisi Yablochkov Pavel tavallud topgan kun
1847-09-14

Yablochkov Pavel Nikolayevich [1847.2(14).9, Saratov guberniyasi Serdobsk uyezdi — 1894.19(31).3, Saratov] — elektrotexnika sohasidagi rus ixtirochisi, harbiy muhandis. Yoyli lampa — “Yablochkov shami” ni ixtiro etib (1876), elektr chiroqqa asos soldi va patent oldi. Uni cho’g’lantirish uchun o’zgaruvchan tokdan foydalandi. Yablochkov o’zgaruvchan tok elektr mashinasining original konstruksiyasini ishlab chiqdi; transformatorni ixtiro qildi (1876). Yablochkov yoyli lampalarning bir necha konstruksiyasini yaratdi. 1880 yildan elektr sham o’rnini T. Edison ixtiro qilgan cho’g’lanma lampa egalladi. Yablochkov turli elektr toki generatorlari — dinamomashinalar, gal’vani elementlarini ham loyihalagan.

 Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2006.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan