SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
91011121314
16171819202122
23242526272829
3031     
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi Shchedrin Nikolay tavallud topgan kun
1891-09-21

Shchedrin Nikolay Nikolayevich (1891.21.9, Pskov viloyati -1974.7.12, Leningrad) — elektrotexnika sohasidagi olim, O’zbekiston FA muxbir a'zosi (1947), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1950), texnika fanlari doktori (1946), professor (1941), Petrograd politexnika institutini tugatgan (1922). Muhandis-loyihachi (1922—23), ilmiy pedagogik ishlar bilan shug’ullangan (1924—34). 1943 yildan Leningrad politexnika institutining Toshkent filialida Farhod GESning parallel ishlash turg’unligini aniqlash ishiga rahbarlik qilgan. Leningrad politexnika institutida professor (1944). Ilmiy ishlari, asosan, katta energetika sohasi — elektr tizimlarining noturg’un rejimlari masalalariga oid. Shchedrin elektr energiyasining muhim masalalari bo’yicha nazariy va amaliy ishlarga asos solgan.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2005.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan