SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Dunyoga mashhur sayyoh Mikluxo-Maklay dengiz bo’ylab aylanma sayohatga chiqqan kun
1870-10-27

Nikolay Nikolayevich Mikluxo-Maklay (1846-1888) – mashhur rus sayyohi, etnografi, antropologi, biologi va geografi bo’lib, Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Okeaniyaning tub aholisini, shu jumladan, Yangi Gvineya orolidagi papuaslar hayotini chuqur o’rgangan olim. 160 dan ortiq ilmiy asarlarning muallifi. Mustamlakachilik va irqchilikka qarshi kurashgan, o’z tadqiqotlarida barcha irq vakillarining aqliy darajasi bir xil ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab bergan. Mikluxo-Maklay 1846 yil 5 iyulda Novgorod guberniyasining Borovichi shahri yaqinidagi Rojdestvenskoye qishlog’ida tug’ilgan. Sayyohning familiyasi Mikluxa va unga Maklay qo’shimchasi uning Yangi Gvineyaga qilgan safarlaridan keyin qo’shilgan. Dastlab Peterburgdagi maktabda, so’ng gimnaziyada o’qigan Mikluxo-Maklay 1863 yilda 17 yoshida Peterburg universitetining fizika-matematika fakultetining tabiiy fanlar bo’limiga “erkin tinglovchi” sifatida qabul qilingan. Ammo o’rnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmaganligi uchun bir yildan keyin uni universitet talabalari safidan chiqarishdi. Shundan so’ng Mikluxo-Maklay o’qishni chet elda davom ettirdi. Tabiiy-tarixiy sohadagi ta’lim olish jarayonini tugatgan Mikluxo-Maklay hayotning kelib chiqishi, turlarning rivojlanishi, organik dunyoning evolyutsiyasi kabi keng miqyosdagi ilmiy muammolar bilan mashg’ul bo’lishni rejalashtirgan edi. U 1866 yili E. Gekkel bilan hamkorlikda Kanar orollariga o’zining birinchi sayohatini amalga oshirgan. 1869 yilda Qizil dengizga sayohat qilgan Mikluxo-Maklay juda boy va qimmatli ilmiy material to’plashga muvaffaq bo’ldi. Mahalliy aholi tomonidan ta’qib qilinishdan saqlanish uchun Mikluxo-Maklay sochini ustarada qirdirib, yuzini bo’yagan, arabcha kiyim kiyib, mahalliy til va islom dinining ba’zi qoidalarini o’zlashtirgan. 1869 yilda Mikluxo-Maklay Peterburgdagi Fanlar Akademiyasida iliq kutib olingan. Rus geografiya jamiyatida Qizil dengiz faunasi, qirg’oqlari tuzilishi va aholisining turmush tarzi, urf-odatlari to’g’risida ma’ruza qilgan. Xuddi shu paytdan boshlab olimda bundan ham kattaroq hududlarni tadqiq qilish uchun Tinch okean orollariga sayohat qilish va ibtidoiy odamlar turmush tarzi, xarakteri va aqliy darajasi bilan tanishish rejasi paydo bo’lgan. Mazkur rejani amalga oshirish maqsadida 1870 yilning 27 oktyabrida “Vityaz” nomli rus harbiy kemasida Yer shari bo’ylab aylanma sayohatga chiqqan Mikluxo-Maklay safarini Kronshtatidan boshladi. Kema yo’nalishining Janubiy Amerikaning janubidagi Magellan bo’g’ozi orqali o’tishi Mikluxo-Maklayga Atlantika va Tinch okeanlarining turli qismlarida ilmiy kuzatishlar olib borish imkonini bergan. 1871 yil sentyabrda Maklay umumiy maydoni 785 ming kv.km bo’lgan Yangi Gvineya orolining shimoli-sharqiy qirg’og’idagi Astrolyabiya buxtasiga kelib tushib, ikki hamrohi bilan chaylada yashay boshlagan. Olim birinchi bor kelib tushgan ushbu qirg’oq rus tilidagi manbalarda Maklay qirg’og’i, deb ataladi. Buyuk olim va sayyoh tavalludining 150 yilligi munosabati bilan BMT ning ta’lim, fan va madaniyat ishlari bo’yicha tashkiloti (YuNESKO) 1996 yilda Mikluxo-Maklayni “Dunyo fuqarosi”, deb e’lon qilgan.

Ma’lumot: Jahongashta Sayyoh-olimlar. “O’zbekiston”. T.2012.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan