
Nyuton Isaak- 1643 yil 4 yanvar kuni London shahrida tug’ilgan.
Ingliz olimi, xozirgi zamon tabiatshunosligi asoschilaridan biri. London Qirollik
jamiyati a'zosi (1672 yildan)va uning prezidenti (1703 yildan). Kembridj
universitetini tugatgan(1665).Ilmiy ishlari uchun unga lord unvoni berilgan
(1705).Nyuton mexanika va
astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi.
Butun olam tortishish qonunini ochdi,
differensial va integral hisob
asoslarini ishlab chiqdi, ko’zguli
teleskopni kashf qildi. U optikaga oid
muhim eksperimental ishlar muallifi. U birinchi bo’lib yorug’likning to’lqin
uzunligini o’lchagan.”Negizlar” (1687) Nyutonning eng muhim ilmiy asari hisoblanadi.
Bu asarida Nyuton o’zidan ilgari o’tgan olimlar va o’zi erishgan ilmiy
natijalarni umulashtirgan va klassik fizikaning asosi bo’lgan Yer va osmon
mexanikasi sistemasini yaratgan va osmon jismlarining harakat nazariyasini
ishlab chiqqan.Klassik mexanikaning 3 ta asosiy harakat qonunlarini
ta'riflagan. U gidrostatika va gidrodinamikaning ba'zi masalalarini qayta
ishlab chiqqan.Nyuton Nyuton binomi
formulasini ixtiyoriy ko’rsatgichga umumlashtirgan, matematika sohasidagi
tenglamalarni taqribiy yechish usuli va interpolyatsiya formulasini
topgan.Nyuton 1727 yil 31 martda vafot etgan va Vestminsterda dafn etilgan.
O’zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi. T., 2000.