SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272830  
Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
1987-06-26

 Xalqaro narkotik iste'mol qilish va uning noqonuniy tarqatilish tarixiga 100 yildan oshdi. 1987 yilda BMT General Assambleyasi har yili 26-iyunda shu Хalqaro Narkomaniyaga qarshi kurash kunini o‘tkazishga qaror qabul qildi.1909 yil fevralda 13 davlatdan, shuningdek Rossiyadan qatnashgan Shanhay qora dori bo‘yicha komissiya ishtirokchilari Osiyo mamlakatlaridan narkotik moddalarni tashib kelishni cheklab qo‘yish yo‘llarini qidirishdi. Mana bugun  bir asrdan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, huquqni himoya qilish organlari bu muammoni hal qilishga ojiz. Chunki narkomaniya butunjahon jamiyatining asosiy muammolaridan bo‘lib, hozirgi zamonamizga tahlika soluvchi mudhish voqyealardan biridir. Norkomaniya - bu shaxsni sog‘ligiga putur yetkazadi, butunlay zaharlaydi, gohida esa o‘limga ham olib keladi. Shuning uchun norkomaniyaga qarshi kurash kuni butunjahon mamlakatlarida atrofdagilarni, ayniqsa yoshlarni  narkotik moddalarni iste'mol qilish yomon asoratlarga olib kelishini tushuntirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, yana bir bor narkotik moddalarni zarari to‘g‘risida turli tadbirlar, tashviqot ishlari olib boriladi. Yoshlar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda “Narkotiksiz hayot” shiori ostida juda ko‘p sport musobaqalari, konsertlar,aksiyalar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan