1960 yil 26 iyunda Malagasiya Respublikasining mustaqillik kuni e'lon qilingan. Shu munosabat bilan Madagaskarda mustaqillik kuni-milliy bayram nishonlanadi. Mustaqilik e'lon qilingandan so‘ng, demokratik saylovlar natijasida hokimiyatga Filiber Siranana rahbarligidagi sotsial-demokratik partiya keldi. Siranana hukumatining Neokolonialistik tuzumi turmush tarzini keskin tushib ketishiga sabab bo‘ladi. Hokimiyatga qarshi ommaviy chiqishlar va namoyishlar o‘tkazilgan. Bu sharoitlardan kelib chiqib,1972 yil 18 mayda Siranana hokimiyatni harbiylar qo‘liga topshirdi. Yangi hokimiyatni general Ramanansua boshqardi. Ramanatsua hokimiyati 1960 yilda frank-malagasiya shartnomasini boshqatdan ko‘rib chiqdi va 1973 yilda Madagaskar mustaqilligini tasdiqlovchi va fransuz qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.