SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
Jang san'ati ustasi Bryusli tavallud topgan kun
1940-11-27

Bryusli (taxallusi to'liq nomi Li Syao Lun; xitoycha “bryusli so'zi” “kichik ajdaho” ma'nosini anglatadi). Jang san'ati ustasi (kun-fu). 1940 yil 27-noyabr kuni AQShda safarda yurgan xitoylik teatr aktyorlari oilasida tug'ilgan. 11 yoshidan Shaolin maktabi ustasi Ip Mendan u-shu, kun-fu saboqlarini oldi. 17 yoshida San- Fransiskoga ketib, oshpazlik qildi, universitetga o'qishga kirdi, kun-fu maktabini ochdi, yakkakurashning jitkundo deb atalgan maxsus yo'nalishiga asos soldi. 1965 yil sport mashg'ulotlari asosida olingan film unga shuhrat keltirdi, Gollivudga taklif etildi. “Katta bos”, “Shiddatli musht “, “Ajdahoning chiqishi”, “Ajdaho yo'li”, “Ajdaho bilan olishuv” filmlarida suratga tushdi. O'zi ham Gonkongda “Konkord” kinostudiyasini ochib, “O'lim bilan o'ynashish” filmi ustida ish boshladi. Og'ir kasallikka chalingan Bryusli shifoxonada yakkakurashga bag'ishlangan “Yengilmas musht yo'li” kitobini yozib tugatdi. Sog'aygach, filmning 20 daqiqasini suratga olishga ulgurdi. O'limiga noto'g'ri qabul qilingan dori sabab bo'lgan degan tashhis qo'yilgan. (Sietl shahridagi qabristonga dafn qilingan).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan