Qopqonni tug'ilgan kuni
1882-04-30

Ixtiro – bu
butunlay yangi narsa, uni o'ylab topmasdan oldin u mavjud bo'lmagan. Ammo
o'ylab topilgan narsani mukammallashtirish ham ixtiro hisoblanadi. Oldindan
ma'lum bo'lmagan narsani aniqlash – kashfiyot hisoblanadi. Texasda tavallud topgan
Amerika fuqarosi Aleks Vilyams ko'rinishi noodatiy bo'lgan sichqon ovlovchi
qopqonni o'ylab chiqdi va unga patent oldi. Bu qopqon yovvoyi g'arbda sichqon
muammosini hal etishi kerak edi. Aleks yasagan ushbu qopqonga 1882 yil 30
aprelda patent berilgan.