SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212324252627
28293031   
Iogann Keplero’zining quyosh sistemasidagi sayyoralar harakatining uchinchi qonunini ochgan kun
1618-05-15

1618 yil 15 mayda  mashhur nemis astronomi Iogann Kepler (1571-1630)   sayyoralarning Quyosh atrofida aylananish davri kvadratlarining nisbati ularning quyoshdan o’rtacha uzoqligi kublari nisbatiga tengligini aniqladi. Elliptik orbita bo’ylab harakatlanuvchi osmon jismlariga tegishli Keplerning uchinchi qonunini sayyoralar va ularning yo’ldoshlari hamda umumiy massa markazi atrofida elliptik orbitalar bo’ylab harakatlanuvchi qo’shaloq yulduzlarga qo’llab, bu osmon jismlariga tegishli ba'zi kattaliklarni aniqlash mumkin. Xususan, bu qonun sayyoralarning massalarini Quyosh massasiga nisbatan hisoblashga, shuningdek, kuzatishlar yordamida qo’shaloq yulduzlardan birining ikkinchisiga nisbatan aylanish davrini aniqlash hamda ularning yillik parllakslarini o’lchash asosida, ularning umumiy massalarini hisoblashga imkon berdi. Kepler o’z qonunlari asosida sayyoralarning harakat jadvallarini tuzdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan