SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2017
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192021222425
262728293031 
Bastakor, xonanda va sozanda Yunus Rajabiy tavallud topgan kun
1897-01-05

RAJABIYLAR – 20 - asr o‘zbek san'atiga ulkan hissa qo‘shgan san'atkorlar sulolasi. Sulola boshlig‘i Yunus Rajabiy (1897.5(17).1 - Toshkent - 1976.23.4) – bastakor, xonanda va sozanda (nay, dutor), o‘zbek musiqa merosini to‘plovchisi.  O‘zbekiston xalq artisti (1953) O‘zbekiston FA akademigi (1966). Madrasada, keyinchalik Turkiston xalq konservatoriyasida (1919- 23), Toshkent Oliy musiqa maktabining tayyorlov kursi (1934) hamda Moskvada tashkil etilgan bastakorlar kursi (1940-41)da ta'lim olgan. Dutor chalishni Mirza Qosimdan, keyinchalik o‘zbek mumtoz musiqa merosini Sh. Shoumarov, Hoji Abdulaziz, To‘ychi hofiz, Domla Halimlardan o‘rgangan. Samarqand pedagogika bilim yurgida musiqa o‘qituvchisi (1923-25). Samarqand teatrining musiqa rahbari (1925-27), O‘zbekiston radiokomiteti qoshidagi xalq cholg‘u asboblari ansambli (keyinchalik xalq cholg‘ulari orkestri) tashkilotchisi va badiiy rahbari (1927-42, 1945-59), Yangi yo‘l teatri musiqa rahbari  (1942-45),O‘zbekiston teleradiosining «Maqom» ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1959-76). Yoshligidanoq shirali va ta'sirchan ovozga ega bo‘lgan iste'dodli xonanda va mohir sozanda sifatida tanilgan. Uning repertuaridan maqom parchalari. «Girya», «Ushshoq». «Ko‘cha bog‘i», «Eshvoy», «Kurd». «Qalandariy», «Gulyor- Shahnoz», «Bayot», «Dugohi Husayniy», «Chorgoh», «Miskin», «Nasrulloyi» kabi ashula va kuy turkumlari o‘rin olgan. U bir qancha qadimiy o‘zbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlab tiklagan: «Subhidam», «Yolg‘iz» «Sayqal». «Fig‘on», «Oraz», «Begi Sulton» va boshqalar. Ijrochilik faoliyatini bastakorlik bilan birgalikda olib borgan Yunus Rajabiy o‘zbek musiqali dramasining shakllanishiga muhim hissa qo‘shgan. Dastlab «Farhod va Shirin» (Xurshid, 1922-25, Sh. Shoumarov bilan hamkorlikda), «Layli va Majnun» (Xurshid, 1926). «Rustam» (U. Ismoilov, 1933), «Avaz» (A. Hidoyatov. 1935), «Xolisxon» (Hamza, 1940) kabi spektakllarga xalq ashulashri asosida kuylar bastalagan. Keyinchalik B. Nadejdin bilan hamkorlikda «Qasos» (A. Umariy, Uyg‘un, 1941), N. Mironov bilan «Qo‘chqor Turdiyev» (S. Abdulla, Chustiy, 1942), G. Mushel bilan «Muqanna» (H. Olimjon, 1943). O. Halimov bilan «Nodira» (S. Qosimov. Ya. Mamatxonov, 1942-43), B. Zeydman bilan «O‘g‘il uylantirish» (H. G‘ulom, 1964). Sayfi Jalil bilan «Navoiy Astrobodda» (I. Maxsumov, 1968) singari musiqali dramalarni yaratgan. U «Zaynab va Omon» operasi (1958; B. Zeydman, D. Zokirov va T. Sodiqovlar bilan) ning yozilishida ishtirok etgan.

Yunus Rajabiy, shuningdek, «Fabrika yallasi», «Bizning davron», «Mirzacho‘lda to’y», «O‘zbekiston», «Yangrasin Gulyor», «Dugonalarga». «Qadah», «Koshki», «Gul sochar», «Judo», «Ra'nolanmasun», «Chapandoz»,«Kuygay» kabi qo‘shiq va ashulalar, «O‘yin Bayoti», «O‘yin Dugohi»,«Paxta» singari raqs kuylari yaratgan.

Yunus Rajabiyning, ayniqsa, o‘zbek musiqa merosini to‘plashdagi xizmatlari katta. U 1935 yildan xalq kuy va ashularini notaga yoza boshlagan. Natijada Ye. Romanovskaya va Il. Akbarov «O‘zbek xalq qo‘shiqlari» (1939) to’plamidan Yunus Rajabiy notaga olgan 29 ta musiqa namunasi o‘rin olgan. 1955-yillarda Yunus  Rajabiy 5 jildli «O‘zbek musiqasi» (I. A. Akbarov tahririda) to‘plamini nashr ettirdi. Unga mingga yaqin turli janrdagi o‘zbek (bir qancha tojik, uyg‘ur) kuy va ashulalari, Buxoro Shashmaqomi,   Farg‘ona - Toshkent   maqom yo‘llari, katta ashulalar, 20-asr bastakorlari (Hamza, Jabborov, N. Hasanov, S. Kalonov. F.Sodiqov, T. Jalilov, M. Mirzayev )ning asarlari kiritilgan. «Maqom» ansambli bilan ishlashi jarayonida Yunus Rajabiy Shashmaqomning 6 jildli yangi nashrini (1966-74, F. Karomatov tahririda) hamda grammplastinka yozuvlar mukammal to‘plamini (Toshkent grammyozuvlar studiyasida, 1970-yillar)tayyorladi. T. Sodiqov, D. Zokirov, D. Soatqulov, F. Sodiqov,  N.   Hasanov,   K. Jabborov, S. Kalonov,   K. Mo‘minov,O.Imomxo‘jayev, B.  Dovidova,   K.   Ismoilova, O. Alimahsumov, T. Alimatov va boshqa san’atkorlar Yunus Rajabiyning     shogirdlaridir.

Yunus Rajabiy Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti   laureati (1971) «Buyuk xizmatlari   uchun»   ordeni (2000) bilan mukofotlangan.    O‘zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi «Maqom» ansambli,   Jizzax   musiqali drama va komediya teatri, Toshkent musiqa pedagogika bilim yurti ,    Toshkentdagi ko‘chalardan biri, metro bekati Yunus Rajabiy nomi bilan yuritiladi. Uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Yunus Rajabiy» («O‘zkinoxronika» studiyasi,1967; «O‘zbektelefilm» studiyasi,1990),  «Umr daftari» (O‘zbekiston te-

levideniyesi, 2001) filmlari suratga olingan. Yunus  Rajyabiy   1957-76 yillar yashab ijod etgan uy (Toshkent,Yunus Rajabiy ko‘chasi, 20)da 1997 yilda Rajabiy uy-muzeyi ochilgan. 2001  yilda Yunus Rajabiy madaniyat markazi tashkil etilgan.

 

O’zbekiston  milliy ensiklopediyasi.T.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan