SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272830  
Fransuz yozuvchisi Antuan De Sent Ekzyuperi tavallud topgan kun
1900-06-29

20 asr nafaqat fransuz, balki umujahon adabiyotining yetuk namoyondalaridan biri Antuan de Sent-Ekzyupiri 1900 yil 29 iyunda Fransiyaning yirik shaharlaridan biri Lionda dunyoga keldi. Otasidan erta yetim qolgan Antuanning bolaligi Lion yaqinidagi buvisiga qarashli Sen-Moris  maskanida o’tdi.1909 yildan 1914 yilgacha Antuan va uning akasi Fransua Man shahridagi kollejda ta'lim olishdi. 1926 yil Sent - Yekzyuperi uchun xal qiluvchi yil bo’ladi. Shu  yili u “Latiko-Eyr”  havo kompaniyasiga ishga kirib, o’zi sevgan mashg’ulot bilan shug’ullana boshlaydi va “Uchuvchi” nomli birinchi hikoyasini  e'lon qiladi. Shu kundan boshlab to umrining oxirigacha Sent Ekzyuperi uchuvchi bo’lib qoladi. 1929 yili u o’zining ilk yirik asari “Janub chopari” va 1931 yil “Tungi parvoz” romanlarini e'lon qildi. Bu asarlar chop etilgan kunlaridan boshlab keng kitobxonlar va adabiyotchilar diqqatini o’ziga jalb qildi va yuksak baholandi. U jurnalist sifatida 1935 yili sobiq sho’rolar ittifoqiga va 1936-37 yillarda Ispaniyada bo’lgan. 1942 yili “Xarbiy uchuvchi” novellasini hamda “Kichkina shahzoda” falsafiy ertagini yaratadi. 1944 yil 31 iyul kuni u so’ngi parvozga chiqadi-Antuan de Sen Ekzyuperining samolyotini fashist qiruvchilari urib tushiradi: bu orada Fransiya ozodlikka erishishiga atigi uch hafta qolgan edi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan