SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
San-Marino Respublikasi Milliy bayrami
301-09-03

Rasmiy nomi – Shavkatli San-Marino Respublikasi. Poytaxti – San Marino. Hududi – 61 km2. Aholisi-32000 kishi (2012). Davlat tili – ital’yan. Davlat dini-xristian dinining katolik mazhabi. Pul birligi-yevro. Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy Yevropadagi davlat. Italiya hududida, Apennin yarimorolining shimoliy qismida joylashgan (chegarasining uzunligi-39 km). Mamlakat tik qoyali tog’larda joylashgan. Eng baland cho’qqisi-Titanoning (738 m) yaqinida poytaxti San-Marino joylashgan. Iqlimi-subtropik. Mamlakat hududida bir nechta eman va kashtan daraxtzorlari saqlanib qolgan. Tog’ etaklarida Makvis changalzorlari (drok, mirt, lavr, bodom) bor. Yoqimli hidli, efir moyli o’simliklar ko’p. Mamlakat 9 ta okrugdan iborat. Milliy bayrami 3 sentyabr – Respublikaga asos solingan kun. Tarixi. Afsonalarga ko’ra, San-Marinoga 301 yilda tarki dunyo qilgan avliyo Marinus asos solgan. IX asrda hozirgi San-Marino hududi avtonom davlat bo’ldi, XIII asrda esa mustaqil respublika deb e’lon qilindi. Uni Rim papasi Nikolay IV 1291 yili tan oldi. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Turizm iqtisodining eng muhim sohalaridan biri (San-Marinoga har yili 2 millionda ziyod sayohatchilar tashrif buyuradi). Bu ichki milliy daromadning 60% ini tashkil qiladi. Daromadning yana bir muhim manbai – chet ellik kolleksionerlarga markalar sotish. Aholining turmush darajasini G’arbiy Yevropa mamlakatlarining shu sohadagi ko’rsatkichlariga qiyoslash mumkin. 2012 yilda YaIM miqdori 1850 mln (aholi jon boshiga – 74046) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkori – Italiya. Avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi-104 km.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan