SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Yangi Zelandiya mustaqillikka erishgan kun
1907-09-26

Rasmiy nomi – Yangi Zelandiya. Poytaxti-Vellington. Hududi-268680 km2. Aholisi-448650 kishi (2013). Davlat tili-ingliz, maori tillari va imo-ishoralar. Aholining asosiy qismi xristian diniga e’tiqod qiladi. Pul birligi-yangi zelandiya dollari. Geografik joylashuvi va tabiati. Tinch okeanining janubi-g’arbiy qismida ikkita yirik orolda (Kuk bo’g’ozi ajratib turadigan shimoliy va janubiy orollarda) va bir necha mayda (Styuart, Chatem, Kermadek, Kempbell) orollarda joylashgan davlat. Sharqda – Tinch okeani, shimolda- Fiji dengizi, g’arbda esa orollarni Avstraliya materigidan ajratib turadigan Tasman dengizi bilan tutashib ketgan. Bundan tashqari, Yangi Zelandiya Tinch okeanining markaziy qismida joylashgan Tokelau, Kuk, Niue orollariga egalik qiladi. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 15134 km. Qirg’oqlari f’ordlar bilan ajralgan. Hududining katta qismini tog’lar, qoyalar va tepaliklar egallagan. 200 dan ko’proq cho’qqilarning balandligi 2300 m dan ortiq. Eng yuqori nuqtasi-Kuk tog’i (3764 m). Faol harakatdagi vulqonlar, geyzerlar, issiq mineral buloqlar bor. Tez-tez zilzila bo’lib turadi. Mamlakatda vulqonlar faoliyati natijasida paydo bo’lgan ko’llar juda ko’p bo’lib, ularning eng yirigi – Taupo (606 m2) ko’lidir. Bosh daryosi – Uaikato. Asosiy tabiiy resurslari – tabiiy gaz, temir rudasi, ko’mir, qo’rg’oshin, mis, oltin, gidroenergetik resurslar. Umumiy yerlarining yarmidan ko’prog’i (53 %) ni o’tloq va yaylovlar, 38% hududini o’rmon va to’qayzorlar egallaydi. Iqlimi-Mo’tadil. Janubiy orolning tekisliklari va shimoliy orolning bir qismi tassek (qumlikda o’sadigan o’simliklar) bilan qoplangan. Tog’larda janub qoraqayini (shamshod) o’rmonlari, shimoliy orolda esa subtropik o’rmonlar bor. Orollarning faunasi juda o’ziga xos. Yangi Zelandiyadagi qushlarning 90% i endemiklardir (endemik-jaydari, ma’lum bir joyga xos bo’lgan). Kam uchraydigan, uchmaydigan qushlarning ko’pchilik turlari – kivi, kakapo to’tisi, juda kam uchraydigan takaxe qushi ham mavjud. Yangi Zelandiyada eng qadimgi umurtqalilardan – tuatara yoki gatteriyalar bu yerda mamontlar paydo bo’lgunga qadar ham istiqomat qilishgan. Mamlakat Buyuk Britaniya Hamdo’stligi tarkibiga kiradi. Yangi Zelandiya 10 provinsiyaga bo’lingan. Mamlakat 1907 yilning 26 sentyabrida Buyuk Britaniyadan mustaqillik olgan.

Ma’lumot: Jahon mamlakatlari. “O’zbekiston”. T.2013.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan