SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
30      
Rossiyada Tretyakov galereyasi tashkil topgan kun
1856-05-22

Tretyakov galereyasi- Rossiyaning  yetakchi ilmiy-badiiy va madaniy -ma'rifiy markazlaridan, jahondagi eng yirik rus san'ati muzeyi hisoblanadi. Moskvada 1856 yil P.M.Tretyakov tomonidan xususiy to’plam sifatida asos solingan, 1892 yil ukasi S.M.Tretyakov kolleksiyasi bilan birga Moskvaga sovg’a qilingan. 1917 yildan boshqa muzeylarning fondidan, shaxsiy kolleksiyalardan to’plangan asarlar 11-17 asrlar qadimgi rus  ikona san'ati, 18-20 asrlar tasviriy san'at, haykaltaroshlik, grafika san'ati ustalari  asarlarining boy kolleksiyasi bilan toldirilgan. Rus savdogarlari Tretyakovlarning sobiq uyida joylashgan. 1985-95 yillar Tretyakov gallereyasi rekonstruksiya qilingan. 1991 yildan “Tretyakov Davlat gallereyasi” muzey birlashmasi deb yuritila boshlandi. Tretyakov gallereyasida O’zbekistonlik rassomlar P.Benkov, A.Volkov, A.Abdullayev, O.Tansiqboyev, R.Ahmedov va b. asarlaridan namunalar qo’yilgan. 2003 yilda O’zbekiston Badiiy Akademiya va Tretyakov gallereyasi o’rtasida ilmiy, ijodiy ko’rgazma almashish shartnomasi imzolangan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan