Tayvan, Formoza-Tinch okeanidagi orol, Osiyoning janubiy-sharqiy qirg’oqlari yaqinida, materikdan Tayvan bo’g’ozi orqali ajralgan. Atrofidagi mayda orollar bilan Xitoy pravinsiyasini tashkil etadi. 1887 yilda esa alohida provinsiya qilib ajratildi. 1894-95 yillardagi Yaponiya-Xitoy urushidan so’ng orol yaponlarga o’tdi. Ikkinchi jahon urushida yaponlar yengilgach, Tayvan 1945 yilda Xitoyga qaytarildi. 1949 yilda XXR tashkil etilgach, mag’lub bo’lgan gomindanchilar Tayvanga o’rnashib oldilar va “Xitoy Respublikasi hukumati” ni tuzdilar.Tayvanda amal qilinadigan konstitutsiyaga muvofiq Tayvan hukumati orolni olti yil muddatga saylangan prezident boshqaradigan “Xitoy Respublikasi” deb nomladi. Tayvanning oliy boshqaruv organlari-Milliy majlis va besh asosiy palatadan iborat. Prezident, milliy majlis va palatalar olti yil muddatga saylanadi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Tayvan iqtisodiy o’sish va eksport bo’yicha dunyoda eng yuqori sur'atlarga ega bo’lib, iqtisodiy jihatdan kuchli ma'muriy tuzilmaga aylangan. Tayanni dunyoning 29 davlati tan olgan. Asosiy savdo hamkorlari-AQSh, Yaponiya, Syangan.