Sankt-Peterburg (1914-24 yillarda Petrograd,1924-91 yillarda Leningrad)-RF dagifederal shahar. Rossiyaning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazlaridan biri, mamlakatning eng yirik transport tuguni. 17 asr boshlarida shvedlar Neva sohillarini ishg’ol qilib, Oxta daryosining quyilish joyida Niyenshans qal'asini bunyod etdilar. Rus qo’shinlari 1703 yil 1(12) mayda bu qal'ani ishg’ol qildilar va 16(27)mayda Pyotr 1 Zayachiy orolida Sankt-Piter-Burx (keyinroq Petropavovks) qal'asiga asos soldi. Sankt-Peterburgga asos solinishi Rossiyaning Boltiq dengiziga va u orqali Yevropaga chiqish uchun olib borgan ko’p yillik kurashi samarasi bo’ldi. Shahar sanoat markazi sifatida tez o’sdi.18 asr oxiridayoq shaharda 160 sanoat korxonasi bor edi 1708 yildan Sankt-Peterburg Ingermandand,1710 yildan Sankt-Peterburg guberniyasi markazi bo’ldi.1712-28 va 1732-1918 yillarda -Rossiya poytaxti. Bu yerda podsho saroyi (1712 yildan), Senat (1713 yildan), kollegiyalar (1718 yildan;1802 yildan vazirliklar) va boshqa davlatlar muassasalari joylashgan. 1918 yildan poytaxt Moskvaga o’tkazilishi bilan shahar o’z mavqyei bo’yicha mamlakatning ikkinchi shahri bo’lib qoldi. 1924-91 yillarda Leningrad deb yuritildi. 1991 yilda shahar qaytadan o’zining tarixiy “Sankt-Peterburg” nomi bilan ataldi.