AQSh ovoz yozish kompaniyasi assotsiatsiyasi jahondagi eng nufuzli musiqiy mukofotni ta'sis etdi. Bu mukofotni ta'sis etish fikrni 1957 yilda Los-Anjelesdagi professional musiqachilar taklif etdilar. Bu kun mashhur amerikalik ixtirochi va tadbirkor Tomas Edison o’ylab chiqargan grammofonni 80 yillik yubileyi o’tkazilgan kunga to’g’ri keldi. Bu grammafon sovrinning nomi va shaklini o’zida aks ettirib bergan. Bu sovrin yil oxirida yuqori darajalarga erishgan musiqachi, xonanda, aranjirovshik, prodyusser, ovoz muhandisi, texnik, rejissyor va boshqalarga beriladi. Birinchi mukofotni topshirish marosimni Frenk Sinator ochib berdi. Keyinchalik esa u “Gremmi”ning ikki marotaba laureati bo’ldi. Shundan beri 46ta tantanali marosimlar bo’lib o’tdi. Hozirda “Gremmi”ni san'at va ovoz yozish milliy akademiyasi tomonidan topshiriladi. Bu marosimni o’zida o’tkazish huquqi uchun Los-Anjeles va Nyu-York kurashadilar. Bu marosim AQShning milliy fahri bo’libgina qolmay, har yili “Gremmi” nomi bilan o’tkaziladigan marosim shaharning iqtisodiyotiga 35-40 mln. dollorgacha foyda keltiradi. Turli vaqtda bu mukofot bilan Elvis Presli, Djon Lennon, “Iglz” Shined O, Konnor,”Djetro Tall”, Fil Kollinz, Tina Terner, Uitni Xyuston, Sting, Madonna va boshqalar taqdirlanishgan.