
Albert Eynshteyn 1869 yil 14 martda Ulm, Germaniyada tug’ilgan. U nazariyotchi, fizik olim, nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. Eynshteyn massa va energiyaning o’zaro bog’liqligi qonunini kashf etgan. Maydon kvant nazariyasining yaratilishida uning xissasi juda katta. Yorug’lik nurlanishini yorug’lik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorug’lik nurlanishining diskretlig, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molikulyar - statistik nazariyasini rivojlantirgan.(1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan. Fazo va vaqtning uyg’unligi haqida yangshicha tasavvurlar yuritish zarurligini tushungan A.Eynshteyn 1905 yilda “Harakatlanuvchi muhitning elektrodinamikasi” nomli ishini e'lon qildi. Ishda maxsus nisbiylik nazariyasining asoslari bayon qilingan edi. Maxsus sozi, nazariyada, faqatgina inersial sanoq sistemalarida roy beradigan hodisalargagina qaralishini ta'kidlaydi. Shu bilan birga, maxsus nisbiylik nazariyasida fazo va vaqtning xususiyatlari: fazoning bir jinsligi va izotropligi, vaqtning bir jinsliligi asos qilib olingan. Maxsus nisbiylik nazariyasini ko’pincha relativistik nazariya, uning effektlarini esa relativistik effektlar deb atashadi.