
1884 yil 31 mayda Amerikalik vrach-diyetolog Jon Kellog u paytda Michigan shtatining Bettl Krik shaharidagi sanatoriyada mudir bo’lib ishlagan “kornfleks” makkajo’xori bodrog’ini patentlash uchun talabnoma berdi. Kunlardan bir kun u o’z patsiyentlarini ratsionidagi nonni o’rnini bosish uchun boshoqlarni qaynata turib, boshqa ishga chalg’ib esidan chiqdi. Shunda kastryuldagi qaynatma sovib, boshoqlar yumshoq bo’lib qoldi. Kellog u massani olib, o’qlov bilan yubqa qilib yoydi va qovurdi. Shunda u yengil va karsillab chiqdi. “Eksperimentchi” uni sut bilan aralashtirdi va juda mazali ertalabki nonushta tayyor bo’ldi. Keyinroq bu xunarga uning ukasi biznesmen Uill Kellog ham kirishib ketib, 1906 yilda ular Vattle Creek Toasted Flake Co kompaniyasini tashkil qқilishdi. Shundan so’ng bu makkajo’xori bodrog’i bilan butun jahon aholisi ertalabki nonushtani shirin taom bilan o’tkazishadi.