SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Hayot shakllari haqidagi ta’limot asoschilaridan biri Aleksandr Gumbol’dt tavallud topgan kun
1769-09-14

Aleksandr Gumbol’dt (1769-1959) – tabiatshunos, geograf va sayyoh. Aleksandr Gumbol’dt ilmiy qarashlarining nihoyatda kengligi bilan zamondoshlarini hayron qoldirgani bois “XIX asrning arestoteli” degan nomga sazovor bo’lgan edi. Serqirra olim Yevropa, Markaziy va Janubiy Amerikadagi turli mamlakatlar tabiatini chuqur o’rgangan. Aleksandr Gumbol’dt o’z asarlari bilan Yer qobig’idagi qattiq, suyuq va havo qobiqlari o’rtasidagi qonuniyatlarni o’rganishga qaratilgan tabiiy geografiyaga asos solgan desak, xato bo’lmaydi. O’simliklar geografiyasi fani va hayot shakllari haqidagi ta’limot asoschilaridan biri bo’lgan Aleksandr Gumbol’dt vertikal g’oyasini ilmiy isbotlab bergan, Umumiy Yer bilimi, iqlimshunoslik kabi fanlarning rivoji uchun asos yaratgan.  Fridrix Genrix Aleksandr fon Gumbol’dt 1769 yilning 14 sentyabrida Berlinda tug’ilgan. Berlinda yashab, xususiy tarbiyachilar qo’lida turli fanlardan bilim olgach, 1787 yilda akasi Vil’gel’m bilan Oderdagi Frankfurt shahriga ko’chib o’tdi va shu yerdagi universitetga o’qishga kirdi. Oderda bir yil o’qigach, yana Berlinga qaytib, Gettingem universitetida grek tili, texnologiyalar va botanikani o’rgangan. Shu bilan birga mustaqil ravishda klassik adabiyot, tarix, tabiatshunoslik va matematika fanlari bilan qiziqqan. Aleksandr Gumbol’dt 1790 yilning mart oyida Reyn daryosi bo’ylab dastlab Gollandiyaga, so’ng u yerdan Fransiya va Britaniyaga sayohat qildi. Geologiya fani sirlari bilan yaqindan tanishish va Freyberg akademiyasining shuhrati olimni Germaniyaning Freyberg shahriga yetakladi va bu yerda geologiya va minerologiya fanlarini chuqur o’rgandi. Olim 23 yoshidayoq geologiya, botanika va fiziologiya fanlari bo’yicha keng bilimlarga ega bo’lib, bu sohalardagi o’zining qator izlanishlarini chop ettirgan. Aleksandr Gumbol’dt faoliyatining ilmiy-ommabop tomoni yozilishi 1796 yildayoq rejalashtirilgan “Koinot” nomli asarida o’z aksini  topgan. Ushbu asarning birinchi jildi 1845 yilda “Koinot: tabiiy olamni tasvirlash rejasi” nomi bilan nashr etilgan. Uning muqaddimasida Gumbol’dt shunday yozgan: “Ijodiy hayotimning yuksaklik davrida qariyb yarim asr qalbimda olib yurgan asarimni ommaga taqdim etaman”. “Koinot” asari XIX asrning birinchi yarmidagi ilmiy bilimlarning jamlanmasi hisoblanadi. Kitobning ko’pchilik qismlarida yoritilgan bilimlar hozirgi zamon nuqtai nazaridan bir oz eskirgan bo’lsa-da, ammo u o’z davrining bilimlari darajasini aks ettiruvchi yorqin asar bo’lib qolaveradi. A. Gumbol’dt 1859 yilda 90 yoshida vafot etgan. Zamondoshlarining so’zlariga ko’ra, tabiat olimga beqiyos kuch-g’ayrat ato etgan va u 90 yoshida ham tetik va sog’lom bo’lib, “Koinot” asarining 5-jildi ustida ish olib borayotgan edi.

Ma’lumot: Jahongashta Sayyoh-olimlar. “O’zbekiston”. T.2012.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan